Amorg va Sparetra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Amorg va sparetra" - Shak-pardagi vatanparvarlik va qahramonlik qissasi. taxminan mil. av. 6-asr oʻrtalarida yaratilgan. Shaklar shohi Amorg va uning rafiqasi Sparetra sarguzashtla-ri hikoya qilinadi. Eron hukmdori Kir shaklar eliga bostirib kirib, Amorgni asir oladi. Bundan xabar topgan Spa-retra barcha shaklarni qoʻl ostiga bir-lashtiradi. Uning qoʻshinida uch ming erkak va koʻplab jangovar ayollar ham boʻlgan. Sparetra qoʻshini jangda Kir lashkarlarini yenggach, asirlar ayirbosh qilinadi va Amorg tutqunlikdan ozod 439etiladi. Qissa ezgulikning gʻalabasi, yovuzlikning mahv etilishi bilan yakunlan-gan. Unda qaqramonlik gʻoyasi muhabbat va sadoqat gʻoyalari bilan chatishib ketgan. "A. va S."ning syujeti va ohangi ertak va do-stonlarnikiga oʻxshash boʻlsada, mazmuni tarixiy voqealar asosida qurilgan. "A. va S."ning mazmuni yunon tarixchilari Ktesiy va b.ning asarlari orqali bizga-cha yetib kelgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil