Amir madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amir madrasasiXivadagi me’moriy yodgorlik (1870). To‘g‘ri to‘rtburchak tarhli ( 52,7x36,7 m), hovlisi (30,7* 19,35 m) atrofiga tomi balxi gumbaz bilan yopilgan hujralar qurilgan. Madrasaga salobatli peshtoq orqali kiriladi. Peshtokning ikki yonidagi ikki qavatli (hujralar oldidagi) ravoqli ayvonlar, bosh tarzining ikki burchagiga ishlan-gan guldasta binoga mahobatlilik baxsh etgan. Hovlida hujralarga tutashtirib yoni ochiq, tepasi gumbaz bilan berkitilgan masjid ayvoni qurilgan. Darsxona va masjid (5x5 m) ham gumbaz bilan yopilgan, bosh tarzi bezaksiz – nihoyasiga yetka-zilmay qolgan, hovli devorlari koshin bilan bezatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amir madrasasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil