Amir ash-Shaʼbiy
Amir ibn Shurahbil ash-Shaʼbiy عامر بن شراحيل الشعبي | |
|---|---|
| Unvoni | Imom |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | taxminan milodiy 641-yil[manba kerak] |
| Vafoti |
taxminan 723 (yoshi 81–82) Kufa, Iroq |
| Dini | Islom |
| Era | Roshidun-Umaviylar |
| Oqim | Tobein |
| Mashhur ish(lar)i |
|
| Kasbi |
|
Abu Amr Amir ibn Sharahil ibn Abdulkufiy ash-Shaʼbiy (arabcha: أبو عمرو عامر بن شراحيل بن عبد الكوفي الشعبي; 641-yilda tugʻilgan – 723-yilda vafot etgan), asosan, Imom ash-Shaʼbiy, Imom Shaʼbiy yoki ash-Shaʼbiy nomi bilan tanilgan[1], tobeinlar safida boʻlgan taniqli arab tarixchisi, fiqhshunos, xalifa Umar ibn al-Xattob hukmronligi davrida tugʻilgan[2].
Kufa shahrining yetakchi ilmiy va siyosiy arboblaridan biri boʻlgan ash-Shaʼbiy Iroqdagi siyosiy kurashlarda faol ishtirok etgan. Bu kurashlar Abdulloh ibn az-Zubayr, Muxtor as-Saqafiy, Hajjoj ibn Yusuf va Ibn al-Ash’as oʻrtasida kechgan.
Ash-Shaʼbiy islom huquqi rivojida muhim oʻrin tutgan ilk faqihlardan biri boʻlgan. Abdurazzoq as-Sanʼoniy hamda Ibn Abu Shayba kabi mashhur olimlar unga ergashganlar qatorida turishadi[3]. Ash-Shabiy tarixiy voqealarning xronologiyasini qayta tiklashga katta qiziqish bildirgan. Unga nisbat berilgan rivoyatlar, asosan, xalifalikning sharqiy viloyatlaridagi fathlarga oid boʻlib, ulardan biri paygʻambar Muhammad hayotining xronologiyasini tasvirlaydi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Juynboll, G. H. A. (2012-04-24), „al-S̲h̲aʿbī“, Encyclopaedia of Islam, Second Edition (inglizcha), Brill, qaraldi: 2021-12-08
- ↑ Al-Khatib. „kitab al sunah qabla al Tadwin كتاب السنة قبل التدوين“. al-maktaba.org. maktaba. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
- ↑ Jāḥiẓ. Al-Bayān wa-al-tabyīn, 2 (Arabic), Al-Qāhirah: Maktabat al-Khānjī, 1968 — 251-bet. OCLC 976642014.
- ↑ Donner, Fred McGraw. Narratives of Islamic origins: the beginnings of Islamic historical writing, Studies in late antiquity and early Islam. Princeton, N.J: Darwin Press, 1998 — 242-bet. ISBN 978-0-87850-127-4.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Amir ash-Shaʼbiyga tegishli iqtiboslar mavjud. |