Amir Temurning Gruziyaga bosqini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temurning Gruziyaga bosqini
Toʻxtamish-Amir Temur urushi

Sanalar 1386-1403
Urush yeri Kavkaz, sharqiy Onadoʻli, gʻarbiy Eron
Natija Gruziya qirolligi Temuriylar imperiyasiga magʻlub boʻlgan.
Raqiblar
Temuriylar davlati Gruziya qirolligi
Qoʻmondonlar
Amir Temur Bagrat V
Kuchlar
200,000 50,000

Amir Temurning Gruziyaga bosqiniAmir Temur boshchiligidagi Temuriylar imperiyasining Gruziya qirolligi hududiga 1386-1403-yillarda olib borilgan qator bosqini.

Kavkazdagi nasroniylar qirolligi boʻlgan Gruziya 1386-1403-yillarda Amir Temur qoʻshinlari tomonidan bir nechta halokatli bosqinlarga uchradi, Temuriylar imperiyasi hududi Hindistondan Onadoʻligacha yetdi. Ushbu toʻqnashuvlar Amir Temur va Oltin Oʻrdaning soʻnggi xoni va Temurning islom dunyosini boshqarish uchun asosiy raqiblaridan biri boʻlgan Toʻxtamish oʻrtasidagi urushlar bilan chambarchas bogʻliq edi. Temur oʻzining bosqinlarini mintaqadagi musulmon boʻlmaganlarga qarshi jihod deb eʼlon qildi. Garchi u Gruziyaga bostirib kirsa-da, u hech qachon mamlakatni musulmon qila olmadi va hatto Gruziyani nasroniy davlati sifatida tan oldi.

Sakkiz bosqining birinchisida Amir Temur Gruziya poytaxti Tbilisini qamal qildi va 1386-yilda qirol Bagrat V ni qoʻlga oldi. Gruziya qarshiligi Temuriylar qoʻshinlari tomonidan yangi hujum uyushtirilishiga sabab boʻldi. Bagratning oʻgʻli va vorisi George VII qattiq qarshilik koʻrsatdi va hukmronligining koʻp qismini (1395-1405) temuriylar bosqiniga qarshi kurashishga sarfladi. Amir Temur bosqinlarning aksariyatini Gruziya monarxini boʻysundirish uchun shaxsan oʻzi boshqargan. Garchi u Gruziya ustidan qatʼiy nazorat o'rnatolmagan boʻlsa-da, mamlakat hech qachon tiklana olmaydigan zarbani oldi. George VII Amir Temurning tinchlik shartlari va oʻlpon toʻlashga rozi boʻlgan vaqtga kelib, Gruziyaning koʻplab shahar, qishloqlari vayron boʻlgan edi[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temurning Kavkazda birinchi koʻrinishi 1385-yilda To'xtamishning Shimoliy Eronga Kavkaz yerlari orqali kirib borgan talon-tarojiga javob boʻldi. Bu ikki Islom monarxlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri dushmanlikning boshlanishini koʻrsatdi. Temur bunga javoban oʻzining paydo boʻlgan imperiyasining gʻarbiy chegarasi va Toʻxtamish xonligi oʻrtasida joylashgan kichik chegara mamlakatlariga keng koʻlamli hujumlar boshladi. Ozarbayjon va Karsni bosib olgach, Temur Gruziyaga yurish qildi. Uning hokimiyatining rasmiy tarixiy manbasi Zafarnoma, Gruziyadagi ushbu hujumni jihod sifatida ifodalaydi. Temur Karsdan yoʻl oldi va keyinchalik 1386-yilda Gruziya qirolligi tarkibidagi janubiy knyazlik Samtsxega hujum qildi. U yerdan u Gruziya shohi Bagrat V boshchiligida mustahkamlagan Tbilisiga qarshi yurish qildi. Shahar 1386-yil 21-noyabrda qulab tushdi va qirol Bagrat V asirga olindi va oʻlim qoʻrquvidan Islomni qabul qildi. Gruziya xronikasi va Metsoflik Tomas shohning murtadligini eslatib oʻtadilar, ammo buni Temurning ishonchini qozonishga imkon beradigan aqlli hiyla sifatida ko'rsatadilar. Bagratga Gruziyada oʻzini tiklash uchun 12,000 ga yaqin qoʻshin berildi, Bagrat yoʻqligida saroyni oʻgʻli George VII boshqargan. Eski qirol George bilan yashirin aloqa qildi va otasini ozod qildi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Suny, Ronald Grigor (1994), The Making of the Georgian Nation, p. 45. Indiana University Press, ISBN 0-253-20915-3
  2. Minorsky, Vladimir, "Tiflis", in: M. Th. Houtsma, E. van Donzel (1993), E. J. Brill's First Encyclopaedia of Islam, 1913–1936, p. 757. Brill, ISBN 90-04-08265-4.