Kontent qismiga oʻtish

Amir Sulton masjidi

Koordinatalari: 40°10′52″N 29°04′51″E / 40.18111°N 29.08083°E / 40.18111; 29.08083
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Amir Sulton masjidi
turkcha: Emir Sultan Camii
Amir Sulton masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Bursa
Koordinatalar 40°10′52″N 29°04′51″E / 40.18111°N 29.08083°E / 40.18111; 29.08083
Meʼmoriy uslub Usmoniylar meʼmorchiligi barokko uslubi
Binokorlik XV asrda qurilgan—XIX asrda qayta qurilgan
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2


Amir Sulton masjidi (turkcha: Emir Sultan Camii) – Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan masjid. Ilk marotaba XV asrda qurilgan, 1804-yilda Usmoniylar sultoni Salim III uchun qayta qurilgan. 1868-yilga kelib, masjid qayta tiklangan, har bir qayta qurilish jarayonlari davomida masjidning qurilish rejasi biroz oʻzgargan.

Amir Sulton, shuningdek, Shamsiddin Mehmed Ali al-Husayn al-Buxoriy (Mehmed Şemseddin) nomi bilan tanilgan buxorolik darvish va olim, Usmoniylar sultoni Boyazid I ning maslahatchisi va kuyovi boʻlgan[1]. Uning qabri atrofidagi diniy majmua birinchi marta XV asr boshlarida Sulton Mehmed I tomonidan tashkil etilgan. Sulton Murod II davrida (1421–1451-yillar) Boyazid I ning qizi Hundi Fatma Xotun majmuadagi birinchi masjidni qurdirgan[2][3].

Hozirgi masjid Bursada joylashgan boʻlib, Amirsulton deb ham ataladi. XV asrda qurilgan majmua 1766-yilgi zilzila oqibatida qulab tushganidan keyin hozirgi bino qurilgan. Shuningdek, sulton Salim III tomonidan qayta tiklangan vaqtda avvalgi masjidning poydevori va uning baʼzi materiallari qayta qurilishda ishlatilgan, natijada qadimiy Usmoniylar meʼmorchiligi elementlarini yangi Usmoniylar meʼmorchiligining barokko uslubi bilan qorishgan[4][5]. 1855-yilda Bursada sodir boʻlgan zilziladan keyin Amir Sulton masjidi va maqbarasi (turkcha: türbe) 1868-yilda (hijriy 1285) qayta qurilgan, bu safar bino sulton Abdulaziz uchun sof barokko uslubida barpo etilgan[5][6].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid va maqbara uzun hovlining qarama-qarshi tomonida joylashgan boʻlib, kirish joyida katta shodirvon (tahorat olinadigan favvora) mavjud. Hovliga kirish qismi sharqiy va gʻarbiy tomonlarda joylashgan, masjid va maqbaraga esa ana shu hovli orqali kirish mumkin. Hovlini yogʻochdan yasalgan arkada oʻrab turadi[7].

Hovlining janubiy tomonida joylashgan masjidda baland, gʻishtdan qurilgan namozxona bor, uning shimoliy burchaklarida esa ikkita minora mavjud. Maqbara esa janubiy tomonda joylashgan boʻlib, uning markazida gumbazli xona mavjud, uning yon tomonlarida esa kichik xonalar qurilgan. Ushbu kichik xonalarda Amir Sulton va uning oila aʼzolari qabrlari saqlanadi. Hovlining shimoliy burchagida joylashgan boshqa xonalardan imomlar foydalanadi[8].

Masjid janubidagi hammomga Amir Sultonning xotini va Boyazid I ning qizi Hundi Xotun javobgar boʻlgan[9]. Majmua atrofida bir nechta tarixiy favvoralar (turkcha: külliye) joylashgan boʻlib, ularning qurilishi 1743-yilga toʻgʻri keladi. Ulardan biri britaniyalik sayyoh va rassom Thomas Allomning chizmasida aks etgan[9].

  1. Archnet Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  2. Bailey, Greg. Cities and Cultural Landscapes: Recognition, Celebration, Preservation and Experience (en). Cambridge Scholars Publishing, 2020 — 216-bet. ISBN 978-1-5275-4820-6. 
  3. „EMÎR SULTAN KÜLLİYESİ - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (tr). TDV İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  4. Goodwin, Godfrey. A History of Ottoman Architecture. New York: Thames & Hudson, 1971 — 412-bet. ISBN 0500274290. 
  5. 5,0 5,1 Bailey, Greg. Cities and Cultural Landscapes: Recognition, Celebration, Preservation and Experience (en). Cambridge Scholars Publishing, 2020 — 216-bet. ISBN 978-1-5275-4820-6. 
  6. „EMÎR SULTAN KÜLLİYESİ - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (tr). TDV İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  7. „Emi̇r Sultan Cami̇“.
  8. „Emi̇r Sultan Cami̇“.
  9. 9,0 9,1 Freely, John. Turkey Around The Marmara, 1st (English), Istanbul: Sev Yayıncılık, 1998 — 203–04-bet. ISBN 978-9758176359. 
  • Baykal, Kazım. 1982 (Edited reprint of original from 1950). Bursa ve Anıtları. Istanbul: Türkiye Anıt Çevre Turizm Değerlerini Koruma Vakfı. (turkcha)
  • Taylor, Jane. 1998 (revised edition). Imperial Istanbul : a traveler’s guide, includes Iznik, Bursa and Edirne. London: I. B. Tauris Publishers.
  • Gabriel, Albert. 1958. Une Capitale Turque, Brousse, Bursa. Paris, E. de Boccard.