Aminofenollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aminogidroksibenzollardan yoʻnaltirildi)

Aminofenollar, aminogi-droksibenzollar, gidroksianilinlar — organik birikmalar. A. mfoter birik-malar boʻlib, kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladi. Uch xil izomeri bor. o-A., suyuqlanish temperaturasi 174°, m-A., suyuqlanish temperaturasi 123° va p-A., suyuqlanish temperaturasi 186°. Orto- va paraizomerlar havoda oksidla-nib jigarrang tusga kiradi, metaizomer esa barqarorroqdir. A. nitrofenol yoki nitrofenollarni qaytarish yoʻli bilan olinadi. A. olgingugurtli boʻyoqlar va azoboʻyoqlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Bundan tashqari, p-A. "a ularning hosilalari, mas, metol, amidol fotografiyada ish-latiladi. p- va o-A. moʻyna hamda jun mahsulotlarini, o-A.ning N-metil hosilasi esa sochni jigarrangga boʻyashda qoʻllaniladi. m-A. p-aminosalitsilat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil