Emine Şenlikoğlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amina Shenlikog'ludan yoʻnaltirildi)
Emine Şenlikoğlu
Asl ismi Emine O'zjan Şenlikoğlu
Tavalludi 1 yanvar 1950 yil (62 yosh)
Ijod qilgan tillari turkcha
Fuqaroligi Turkiya, Istanbul
Yoʻnalish islomiy
Faoliyat turi yozuvchi
Janr nasr
Ilk asari "Yoshlikning iymonini so'roqlar bilan o'g'irladilar" (Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar)

Emine Şenlikoğlu[1] (1950-yil 1-yanvar, Giresun shahrida tugʻilgan) — turk tadqiqotchisi, yozuvchisi. Asl ismi Emine Oʻzjan Şenlikoğlu (Emine Özkan Şenlikoğlu)dir. U islomiy mazmundagi kitob va romanlar yozishi, konferensiyalaridagi nutqlari bilan mashhur[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emine Şenlikoğlu 1950-yilda tugʻilgan Giresun-Dereli-Anbaralan qishlogʻida juda yoshligidan Adapazariga, u yerdan oilasi bilan Istanbulga koʻchib oʻtgan va yoshligida oʻz izlanishlarini boshlagan. U, birinchi navbatda, nasroniylik dini va Injil boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Keyingi yillarda islom dini bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. U asosiy islom ilmlari hisoblangan fiqh va aqoid ustida ishlagan. U 1984-yilda yozgan birinchi kitobi „Yoshlikning iymonini soʻroqlar bilan oʻgʻirladilar“ (Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar) tufayli sudlangan. U 8 yil-u 3 oy qamoq jazosiga hukm qilinadi. U teolog, jurnalist va yozuvchi Rejep Özjan bilan turmush qurgan va ikki farzandi bor[1][2].

Taʼlim olishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emine Şenlikoğlu boshlangʻich maktab va Imom-Xatip litseyini erta tamomlaydi. Turmush qurgach teolog boʻlgan turmush oʻrtogʻi Rejep Oʻzjan va boshqa maxsus oʻqituvchilardan saboq oladi[1][2]. Oz muddat Qohiradagi Al-Azhar Universitetida ta'lim oladi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emine Şenlikoğlu 1985-yildan beri „Letter“ jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. Vaqti-vaqti bilan Turkiyaning turli shaharlarida va xorijda konferensiyalar oʻtkazadi[1][2].

2015-yilning 13-may kuni Emine Şenlikoğlu jamiyat rahbari Adnan Oktarning shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan daʼvo doirasida bayonot olish uchun Otaturk aeroportida hibsga olingan edi[3]. 1984-yildan „Maktub“ (Mektup) jurnalini chiqarishni boshlagan. „Mahkum tuygʻular“ (Mahkûm Duygular, 1985), „Ruhim oynasi“ (Ruhumun Penceresi, 1991) sheʼriy toʻplamlari, „Mariya“ (Maria, 1993), „Men kimning qurboniman“ (Ben Kimin Kurbanıyım, 1993), „Soʻnggi pushmon foyda etar“ (Son Pişmanlık Fayda Eder, 1997) romanlari, „Yigʻlatgan yillar“ (Ağlatan Yıllar, 1991) xotira-kitobi, „Vijdon azobi“ (Vicdan Azabı, 1992) toʻplamlari mashxur.

Fikr-mulohaza[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat madhiyasi kuylanayotganda bir daqiqalik sukutda turishni yoqtirmasligini aytib, madhiya o‘qilayotgan paytda o‘tirish mumkinligini aytgan. Shuningdek, u madhiyaning kompozitsiyasi gʻalati ekanligini va madhiyaga ehtirom koʻrsatish "dindorlar " tomonidan qilingan odat ekanini aytdi[4].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emine Şenlikoğlu oʻz asarlarini „qismli“ tarzda (toʻplam) va maxsus taxalluslar bilan nashr ettiradi.

  1. Qism, „Gençliğe Hatıramdır“ deb nomlanadi.
    • Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar
    • Bize Nasıl Kıydınız
    • Mahkum Duygular
    • Burası da Cezaevi
    • İslam’da Erkek Ne Olur
    • İhânet Etme
    • Ülkemi Arıyorum
    • Biz Bu Vatanın Nesi Oluyoruz
    • Ruhumun Penceresi
    • Kelepçeli Kalemimden
    • Ağlatan Yollar
    • İnsanlar da Kayar
    • Telefonla Röportaj
    • Önce Soru Sorarlar
    • İsimsiz Kitap
    • Vicdan Azabı
    • Maria
    • İdamlık Genç
  2. Qism, „İnsanlığa çağrı“ deb nomlanadi.
    • İnsanlığın belgeseli
    • Kıbrıs Sular içinde
    • Bir Yetim
    • Ben Kimin Kurbanıyım
    • Geri Tepen Kurşunlar
    • Radyo ve basın röportajları
    • Televizyon röportajları
    • Uzaktaki Çığlıklar
    • Geçmişin İzleri
    • Sabıkalı ve Dul Çingene
    • İmamın Manken Kızı
    • Son Pişmanlık Fayda Eder
    • Çin İşkencesi
    • Kadınları Kadınlar da Eziyor
  3. Qism, „Nesillerin Öyküsü“ deb nomlanadi. Bu turkumdagi kitoblar bir-birining davomidir.
    • Şirin Köy
    • Küçük Kız
    • Küçük Kelebekler
    • Yılan Yavrusu
    • Kırmızı Elbiseli Kız
    • Satılık Çocuk
    • Topal Karınca
    • Küçük Kızın Umudu
    • Hayâl Çocuk
    • Konuşan Serçe
    • Kardeş Sevgisi
    • Depremin Ardından
    • Ağlayan Köpek
    • Ali’nin Dünyası
    • Anne Büyüklere Bir Şey Söyle
    • Baba Sen de Bir Şeyler Söyle
  4. Qism, „Sevginin Sesi“ deb nomlanadi.
    • Hristiyan Gülü
    • Harcandık
    • Çağrı
    • Bunalım
    • Esir Evliler
    • Sevgide Hiç Vefa Yok mu?
  5. Qism, „Bilgi Serisi“ deb nomlanadi.
    • Kılavuz: İslam'ı doğru anlamak (4 Cilt)
  6. Qism, „Civciv Ailesi“ nomli „Beyaz Seri“ toʻplamidir.
    • Civciv Ailesini Tanıyalım
    • Özür dileyen Civciv
    • Karşılık Beklemeyen Civciv
    • Soru soran Civciv
    • Hastalanan Civciv Çimiçimi
    • Civcivin Rüyası
    • Civciv Ailesi Kır Gezisinde
    • Suya Dalan Civciv
    • Civciv Ailesi Yardım Ediyor
    • Eşyasını Kaybeden Civciv
    • Civciv Ailesi Dağılıyor

Mariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu nasroniy ona va ateist otaning nasroniy qizi haqidagi kitob. Asarda yosh qiz Abdulvahhob ismli yigit bilan islomiy mavzularda suhbati uni sarosimaga solib, fikrlarini shubha ostiga qo‘yadi. So‘roq natijasida yosh qiz islomni hayot tarzi va qarashlari sifatida qabul qiladi. Vaqti kelib o‘z yo‘lini topib olgan yosh qiz umrining qolgan qismini haqiqiy musulmon sifatida o‘tkazishga qaror qiladi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Emine Şenlikoğlu biyografisi“. eminesenlikoglu.org. 11 ağustos 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 haziran 2013.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Arşivlenmiş kopya“. 13 ağustos 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 haziran 2013.
  3. „Emine Şenlikoğlu gözaltına alındı“. Sözcü. 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 mayıs 2015.
  4. „Dinci yazardan İstiklal Marşı’na şok sözler“. Sözcü. 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2014.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Emine Şenlikoğlu (Wayback Machine saytida 2017-08-13 sanasida arxivlangan) 13 avgust 2017 yil.
  2. Emine Şenlikoğlu (Wayback Machine saytida 2015-08-11 sanasida arxivlangan) 11 avgust, 2015 yil.