Xoʻja Amin maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amin maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Xoʻja Amin maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Shahar Namangan
Koordinatalar 40°59′57″N 71°41′04″E / 40.99929°N 71.68445°E / 40.99929; 71.68445 G OKoordinatalari: 40°59′57″N 71°41′04″E / 40.99929°N 71.68445°E / 40.99929; 71.68445 G O
Map
Xoʻja Amin maqbarasining oʻrni xaritada

Xoʻja amin maqbarasi, Xoʻjamning qabri — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Shayx Xovandi Tohur avlodlaridan boʻlgan, Toshkentdan Namanganga kelib oʻrnashib qolgan Iminxoʻja Eshon qaynotasi Ibroximxoʻja qabrining odd tarafiga, pishiq gʻishtdan qabrdan jan. roqda maqbara qurdirgan. Maqbara 1112-asrlar meʼmorligi anʼanalari asosida qurilgan boʻlib, gʻishtlar orasi ganch qorishmasi bilan toʻldirib tekislangan. Qabr ustiga toʻgʻri toʻrtburchakli sagʻana qoʻyilgan. Maqbara (9x12 m) peshtoqgumbazli; peshtoq va uning ikki yonidagi guldastalari oʻzaro mutanosib hamda oʻyma girih naqshlar bilan nafis bezatilgan; gʻishtga xomligida oʻyma naqshlar ishlanib, soʻng xumdonda qizdirilgan. Peshtogʻining ravogʻi oʻyma bezakli ustunlar — guldastalarga tayangan. Xonaning ichki gumbazi naqshinkor qovurgʻalar bilan boʻlinib, har bir boʻlagiga turunjlar, gumbaz osti bagʻallariga muqarnasli ravoklar ishlangan; xona devorining yuqori qismi yozuv qatori bilan gir aylantirib hoshiyalangan. Binoning tashqi bezagida qora va qizil sir, ravoqlarida qizil va yashil sirlangan gʻisht, gumbazida qizil va qora sirkori parchinlardan jozibador naqshlar hosil qilingan.