Kontent qismiga oʻtish

Amin Tarox

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Amin Tarox
Tavalludi 11-avgust 1953
Sheroz, Eron
Vafoti 24-sentyabr 2022-yil(2022-09-24)
(69 yoshda)
Tehron, Eron
Fuqaroligi Eron
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1973–2022
Turmush oʻrtogʻi Mansure Shodmonesh
Bolalari 3

Amin Tarox (1953-yil 11-avgust – 2022-yil 24-sentyabr) – eronlik aktyor, Crystal Simorgh, Hafez hamda boshqa bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan. Shuningdek, aktyorlikdan dars bergan, Taraneh Alidoosti, Gelareh Abbasi, Shabnam Moghaddami, Navid Pourfaraj, Pouria Rahimisam, Majid Vasheghani, Hedieh Bazvand va boshqa mashhur aktyorlarning ustozi hisoblanadi.

Tarox Sherozda tugʻilgan boʻlib, shu yerdagi oʻrta maktabda oʻqigan va maktabni tugatganidan soʻng Tehron universitetida tahsilni davom ettirgan. Mazkur universitetining madaniyat menejmenti yoʻnalishini tamomlagan. Taroxning uch nafar oʻgʻil farzandi boʻlib, ularning ismi Nima, Mani va Namidir. Bundan tashqari Tehronda uning kasting kompaniyasi ham mavjud[1].