Amerikada pullik hojatxonalarni tugatish boʻyicha qoʻmita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Baʼzi saqlanib qolgan pullik hojatxonalardan biri, San-Fransisko, Kaliforniya, 2006-yil

Amerikada pullik hojatxonalarni tugatish boʻyicha qoʻmita, yoki CEPTIA (ingl. Committee to End Pay Toilets in America) — Koʻpchilik amerika shtatlari va shaharlarida pullik hojatxonalarni tugatish vazifasini oʻz oldiga maqsad qilgan 1970-yillarda yaratilgan siyosiy tashkilot.

Tarix[tahrir]

Qachonki inson oʻzida mayda yoʻqligi sababli erkak yoki ayol tanasining tabiiy funksiyalari cheklangan ekan, u holda chin erkinlik yoʻqdir.

—Ayra Jessel[1]

Qoʻmita 1970-yil oʻn toʻqqiz yoshli Ayra Jessel tomonidan yaratilgan boʻlib, "qonunchilik va jamoatchilik bosimi yordamida AQShda pullik hojatxonalarni tugatish"ni oʻz maqsadi deb hisoblar edi.[1][2][3]

Hojatxonalarga avtomatlashtirilgan toʻlov punktlari tomon oʻzining "salib yurishi"ni boshlab, Jessel jurnalislarga deydi: "Sizda ellik dollarlik kupyura boʻlishi mumkin, lekin sizda daym yoʻq boʻlsa, u holda bu metall quti sizlar oʻrtangizda engillanish ham boʻlib koʻrinadi".[4] Bu tashkilotga aʼzolik badallari $0,25ni tashkil etardi, shu orqali uning aʼzolari Qoʻmitadan "Bepul hojatxona qogʻozi" nomi ostida mashhur boʻlgan axborot byulletenlarini olishardi. Tashkilotning shtab kvartirasi (1500 aʼzoga ega) Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ogayo shtatidagi Deytonda joylashgan edi.[1]

Bundan tashqari tashkilot "CEPTIAga katta hissa qoʻshgan va bepul hojatxonalar uchun kurashgan shaxslar" taqdirlanadigan Thomas Crapper Memorial Award mukofotini taʼsis etgan.[1]

1973-yili Chikago munitsipal kengash 8 ta ovozga qarshi 37 ta ovoz yordamida ushbu shaharda pullik hojatxonalarni taqiqlash uchun ovoz bergan AQShdagi birinchi shahar boʻldi. Hech boʻlmaganda bitta manba bu "…koʻrinib turganidek, CEPTIA harakatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri javob" deb tasdiqlagan edi.[4][5][6]

Wall Street Journal xabarlariga koʻra, 1974-yilda AQShda hech boʻlmaganda 50 mingta pullik hojatxonalar boʻlgan. Bu biznes rivojlanishiga qaramasdan CEPTIA Nyu-York, Nyu-Jersi, Minnesota, Kaliforniya, Florida va Ogayoda uning taqiqlanishi ustida juda ham muvaffaqiyatli ishladi.[7] Tashkilot faoliyati shunchalik muvaffaqiyatli boʻldiki, 1976-yil iyuniga kelib 12 ta shtat pullik hojatxonalarni taqiqlash boʻyicha amadagi qonunlariga ega edi va qo‘mita uni yaratishda oʻz oldiga qoʻygan vazifasini amaliy jihatdan bajardi deya eʼlon qilib, oʻzining tarqatilishini maʼlum qildi.[8] Oʻn yillik oxirlariga kelib pullik hojatxonalar AQShda deyarli yoʻq boʻlib ketdi.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 . The People's Almanac. Doubleday and Company, Inc, 1256. ISBN 0-385-04186-1. 
  2. Franckling, Kenneth (21 Aug 1974). Ban on pay toilets disputed, The Dispatch (Lexington), Retrieved October 19, 2010
  3. Geringer, Dan (2 May 1972) A New Kind of Protest, The Palm Beach Post, Retrieved October 19, 2010
  4. 4,0 4,1 (1994) The Best, Worst, & Most Unusual. Sterling Publishing Company, Inc., 262. ISBN 978-0-88365-861-1. 
  5. Wiggins, Ron (2 August 1973) Comfort-For-Pay Being Flushed Out, Evening Independent, Retrieved October 19, 2010
  6. (25 July 1973) Group seeks to end pay toilets, Sarasota Journal, Retrieved October 19, 2010
  7. Clinched fist rising from commodes ends. Hamilton. August 19, 1976. pp. B–6. 
  8. Dunphy, Robert J. (20 June 1976) Notes: Pay Toilets, The New York Times

Adabiyot[tahrir]

  • Ralph Slovenko, «On Answering The Call Of Nature», 24 Wayne L. Rev. 1555 (1978).