Amerika standartlar milliy instituti
|
| |
| Turi | Nodavlat notijorat tashkilot |
|---|---|
| Ishga tushgan sanasi | 19-oktyabr, 1918-yil[1] |
| Joylashuvi |
Washington, D.C., U.S. 38°54′14″N 77°02′35″W / 38.90389°N 77.04306°W |
| Prezident va CEO | Laurie E. Locascio, PhD |
| Aʼzolari | 125 ming kompaniya va 3,5 million professional mutaxassis[2] |
| Vebsayti | [P856 P856] |
| Til(lar)i | Inglizcha |
Amerika standartlar milliy instituti (inglizcha: American National Standards Institute; qisqartmasi — ANSI) — Qoʻshma Shtatlardagi milliy standartlashtirish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot. Institut 1918-yilda tashkil etilgan boʻlib, sanoat korxonalari, hukumat idoralari, professional uyushmalar va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida standartlar ishlab chiqish jarayonini boshqaradi hamda ularning uygʻunligini taʼminlaydi.
ANSI turli sohalarda, jumladan, aloqa tizimlari, axborot texnologiyalari, xavfsizlik, energiya va ishlab chiqarish jarayonlariga oid standartlarning ishlab chiqilishi va joriy etilishida muhim rol oʻynaydi. Tashkilot Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) va Xalqaro standartlashtirish tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Minutes". American Engineering Standards Committee: 1. October 19, 1918.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs namedmembership - ↑ Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati 2023, ss. 25–26.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati. Toshkent: „Kafolat print company“ nashriyoti, 2023 — 824-bet. ISBN 978-9943-988-89-7.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |