Amerika qoʻshma shtatlari eksport-import banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Amerika qo‘shma shtatlari eksport-import banki, Eks-imbank (Bank of the United States) – AQShning mamlakat eksport-import ope-ratsiyalarini kreditlash bo‘yicha davlat banki. Aksariyat 5 yildan va undan ortiq muddatga kreditlar, kafolatlar beradi. 1934 yilda hukumat tomonidan "Vashing-ton eksport-import banki" nomi bilan tashqi savdoni moliyalash uchun tashkil etilgan. 1968 yildan hozirginomda. Bank xori-jiy haridorlarga kreditlar va eksport kreditlari bo‘yicha kafolatlar beradi, eksport kreditlarini sug‘urtalash, Ame-rikadagi kreditor xususiy banklarning eksport veksellarini hisobga olish va boshqa bilan shug‘ullanadi. Sarmoyasi 1 mlrd. dollar. Resurslarning asosiy manbai AQSH pul bozori vositalari va davlat xazina-sining uzoq muddatli qarzlari. Kreditlar va kafolatlarning yillik hajmini AQSH kongressi belgilaydi. Mazkur bank O‘zbekiston AQShdagi "Keys korpo-reyshn" kompaniyasidan kredit va moli-yaviy lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi (g‘alla o‘rish kombaynlari, paxta terish mashinalari, haydov traktorlari)ni so-tib olishida xorijiy banklarning kre-ditlarini sug‘urta qoplamasi bilan ta’-minlashda ishtirok etdi (1997).