Amerika ensiklopediyasi
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Göttingen Davlat universiteti kutubxonasida Amerika ensiklopediyasi.
"Amerika ensiklopediyasi" ("The Encyclopedia Americana"), "Amerikana" – AQShda nashr etiladigan universal ensiklopediya. Ingliz tilida. 1-nashri 1903–04-yillarda Nyu-Yorkda 16 jild qilib chiqarilgan. "Amerika ensiklopediyasi"ning takomillashtirilgan 30 jildlisi 1918–20 yillarda nashr etildi va u keyingi nashrlar (jumladan, 1961-yil chiqqan, 60 mingdan ortiq maqolani oʻz ichiga olgan "Amerika ensiklopediyasi") uchun asos boʻldi. "Amerika ensiklopediyasi" keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. 1923-yildan boshlab ensiklopediyaga yillik ilova ("Amerikana Annual") ham nashr etilmoqda. Ilova ensiklopediyani maʼlumotlar bilan toʻldiradi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |