Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2nd US President John Adams
AQShning ilk Vitse-prezidenti Jon Adams
Amerika Qo'shma Shtatlari Vitse-prezidenti
inglizcha: Vice President of the United States'
Mamlakat: AQSh
Taʼsis etilgan sanasi: 1787-yil 17-sentabr
Lavozimdagi ilk shaxs: John Adams
Amaldagi shaxs: Kamala Harris
Rahbarlik qiladi: Kamala Harris
Qarorgohi: Birinchi raqamli observatoriya
Vakolat muddati: 4 yil, cheklanmagan muddatda
Sayt: https://whitehouse.gov/administration/vice-president-harris/

Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidenti (inglizcha: Vice President of the United States) Amerika Qoʻshma Shtatlari

Seal of the Vice President of the United States
Amerika Qo'shma Shtatlari Vitse-prezidentining muhri

federal hukumati ijro etuvchi hokimiyat tizimidagi ikkinchi eng muhim mansabdor shaxs sanaladi.

Vitse-prezidentning asosiy konstitutsiyaviy funksiyalari shundan iboratki, u AQSh Prezidenti vafot etgan, isteʼfoga chiqqan yoki boshqarishdan voz kechgan taqdirda uning oʻrnini egallab, qonunda belgilangan tartibda faoliyat yuritadi[1]. Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidenti ham rasman AQSh Senatiga, Kongressning yuqori palatasiga rahbarlik qilganligi sababli, bu lavozim hokimiyatning qaysi tarmogʻiga — ijro etuvchi yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatga tegishli ekanligi haqida savol paydo boʻladi. Qoʻshma Shtatlarning hozirgi Vitse-prezidenti Kamala Harris boʻlib, u 2021-yil 20-yanvarda AQSh Vitse-prezidenti lavozimida ish boshlagan. 2020-yil 3-noyabrda AQSh Prezidenti bilan birga saylangan[2].

Saylov[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh Vitse-prezident Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti bilan birga saylanadi, Prezidentlikka har bir nomzod oʻzi bilan birga Vitse-prezidentlik lavozimiga nomzod bilan saylovlarda qatnashadi. Vitse-prezidentlikka nomzod Prezident bilan bir xil siyosiy partiya aʼzosi boʻlishi, ammo Konstitutsiyada belgilanganidek, boshqa shtatdan koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

AQSh Konstitutsiyasining oʻn ikkinchi tahririda AQSh Vitse-prezidenti lavozimiga nomzod hamda Prezidentlik lavozimiga nomzod ham kamida Qoʻshma Shtatlarda kamida 14 yil yashagan hamda 35 yoshda boʻlishi kerak. Nomzodlardan AQShda tugʻiligan AQSh fuqarosi boʻlishi talab etiladi. Vitse-prezident lavozimini egallashi mumkin boʻlgan muddatlar soniga cheklov yoʻq (1948-yilda kiritilgan Prezidentlik lavozimiga ikki martalik cheklovdan farqli oʻlaroq).

Ishga kirishish[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh Konstitutsiyasining yigirmanchi tahririga muvofiq, Qoʻshma Shtatlar Vitse-prezidenti saylov boʻlganiden keyingi yilning 20-yanvar kuni peshin vaqtida oʻz lavozimini egallaydi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiya marosimida saylangan Vitse-prezident saylangan Prezidentdan bir necha daqiqa oldin qasamyod qiladi. Prezidentlik qasamyodidan farqli oʻlaroq, Vitse-prezidentlik qasamyodi AQSh Konstitutsiyasida belgilanmagan. Tarixga nazar soladigan boʻlsak Vitse-prezidentlik qasamyodining har xil turlari qoʻllanilgan, 1884-yildan boshlab kongressmenlar va hukumat aʼzolari ham qasamyod qiluvchi shakldan foydalanishgan:

"Men Amerika Qoʻshma Shtatlari Konstitutsiyasini barcha tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishga va uni asrashga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Men unga nisbatan haqiqiy ishonch va sadoqatni saqlab qolaman. Men ushbu majburiyatni hech qanday izohlarsiz yoki undan qochish maqsadisiz erkin qabul qilaman. Shuningdek men hozir kirishayotgan lavozimdagi vazifalarni vijdonan va masʼuliyat bilan bajaraman. Xudo menga yordam ber".

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitse-prezident rasmiy ravishda AQSh Senatini boshqaradi, u yerda faqat ovozlar yarmiga boʻlinganida hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega (aslida Senat rahbari Senat prezidenti hisoblanadi). AQSH Konstitutsiyasining oʻn ikkinchi tahririga koʻra, Senat saylovchilar kollegiyasining ovozlarini sanash uchun yigʻilganda unga raislik qiladi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, u faqat davlat rahbari nomidan va uning topshirig‘i bilan bajaradigan boshqa qator vazifalari ham mavjud deb qaraladi.

AQShning amaldagi Vitse-prezidenti Kamala Harris

Prezident vakolatlarini oʻtkazish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti vafot etgan, isteʼfoga chiqarilgan yoki lavozimidan chetlatilgan taqdirda, u Qoʻshma Shtatlarning toʻliq huquqli Prezidenti boʻladi (bu qoida rasman 1967-yilda Konstitutsiyaning 25-tahririda belgilangan). Aslida, oʻtmishda, bunday hollarda Vitse-prezident Prezident deb eʼlon qilingan, oʻsha davrlarda hujjatlarda rasman bu qoida yozilmagan boʻlsada Vitse-prezident faqat Prezident vazifasini bajaruvchi hisoblangan.

1967-yilgacha Vitse-prezident isteʼfoga chiqqan yoki vafot etgan taqdirda yoki u Prezidentlik lavozimiga kirishgan taqdirda yangi Vitse-prezident tayinlanmagan va bu lavozim yangi saylovlargacha boʻsh qolgan. AQSh Konstitutsiyasining 25-tahririda, ushbu lavozim boʻsh qolgan taqdirda, AQSh Kongressi joriy Prezidentning taklifiga binoan yangi Vitse-prezidentni tayinlashi kerakligi qonunan mustahkamlab qoʻyilgan. 1973-1974-yillar davomida bunday tayinlov ikki marta sodir boʻlgan. Vitse-prezident Spiro Agnyu isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Kongress Richard Nikson taklifi bilan Jerald Fordni Vitse-prezident lavozimiga tasdiqlagan[3][4]. Sakkiz oy oʻtgach, Nikson isteʼfoga chiqqan va Fordning oʻzi Prezident lavozimiga kirishgan. Kongress undan soʻng Nelson Rokfellerni Vitse-prezident lavozimiga tasdiqladi.

Vazifalarni vaqtincha bajarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh Konstitutsiyasining (1967) yigirma beshinchi tahririga koʻra, Prezident oʻz vakolatlarini amalga oshirishga (vaqtinchalik) qobiliyatsiz boʻlgan taqdirda, Prezidentning oʻzi yoki hukumatning ijro etuvchi hokimiyat aʼzolari tomonidan belgilanadigan Vitse-prezident oʻsha paytdagi AQSh prezidenti vazifasini bajaruvchi hisoblanadi. Jumladan, AQSh sobiq Prezidenti Jorj Bushning kolonoskopiya vaqtida Vitse-prezident Cheyni 2002-va 2007-yillarda boshqaruvni ikki marta oʻz qoʻliga olgan[5].

2001-yil 11-sentabrdagi teraktdan keyin Vitse-prezident D. Cheyni koʻpincha maxfiy joylarda saqlangan, bu tadbir terrorchilar bir vaqtning oʻzida mamlakatning ikki yuqori lavozimidagi amaldorlarini oʻldirishga urinishining oldini olish uchun amalga oshirilgan[6].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Polunin B. L. Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti (konstitutsiyaviy va huqiqiy maqom). — M. .: Nauka, 1988. — 127 b. — 2750 nusxa. — ISBN 5-02-012800-7

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „http://www.worldstatesmen.org/US_govt_CSA.html“. Qaraldi: http://www.worldstatesmen.org/us_govt_csa.html.
  2. „https://www.zakon.kz/5046923-bayden-pobedil-na-vyborah-ssha.html“.
  3. „http://www.senate.gov/artandhistory/history/common/generic/VP_Gerald_Ford.htm“.
  4. „http://www.senate.gov/artandhistory/history/common/generic/VP_Richard_Nixon.htm“.
  5. „http://www.senate.gov/artandhistory/history/common/generic/VP_George_Bush.htm“.
  6. „http://www.foxnews.com/story/0,2933,290263,00.html“.