Amerika Qoʻshma Shtatlari — Germaniya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amerika Qo'shma Shtatlari — Germaniya munosabatlari

AQSh

Germaniya

Amerika Qoʻshma Shtatlari — Germaniya munosabatlari. Amerika Qoʻshma Shtatlar va Germaniya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgach, Amerika Qoʻshma Shtatlar 1797-yilda Prussiya Qirolligi bilan, keyin 1871-yilda Germaniya imperiyasi bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi. 1917-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari — Germaniya munosabatlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Birinchi jahon urushiga kirishi va Germaniyaga urush eʼlon qilishi sababli uzildi. 1921-yilda munosabatlar tiklandi, 1941-yilda, Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan 2 yil oʻtgach, fashistlar Germaniyasi Amerikaga urush eʼlon qildi. Urushdan keyin Germaniya ittifoqchi davlatlar tomonidan toʻrtta ishgʻol zonasiga, Berlin esa ikki qismga boʻlindi. 1955-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlar, Buyuk Britaniya va Fransiya ishgʻol zonalaridan tashkil topgan GFR bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. 1974-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlar Sovet Ittifoqining bosib olingan hududidan tashkil topgan Sharqiy Germaniya bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. 1990-yilda Gʻarbiy Germaniya va Sharqiy Germaniya birlashdi. GFR hozirda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) va Yevropa Ittifoqidagi AQShning asosiy hamkori hisoblanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Germaniya qoʻshinlari butun dunyo boʻylab NATO va BMT operatsiyalarida faol birga qatnashadilar.

Savdo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlar Germaniyaning Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi etakchi eksport bozoridir. Amerika Qoʻshma Shtatlar Germaniyaning savdo hamkorlari roʻyxatida ikkinchi oʻrinda, Fransiyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 2011-yilda Germaniya shtatlarga 97 milliard AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qildi. Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlarining beshinchi yirik savdo sherigi va Yevropa Ittifoqidagi Amerika Qoʻshma Shtatlari tovarlarining eng yirik importchisi hisoblanadi. 2011-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Germaniyaga eksporti 49 milliard dollarni tashkil etdi. 2010-yilda Germaniyaning Amerika iqtisodiyotiga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi 213 milliard dollarni, Germaniya iqtisodiyotiga Amerika Qoʻshma Shtatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi esa 106 milliard dollarni tashkil etadi. Germaniya sarmoyalariga quyidahi tovarlar sanaladi: kimyo va transport uskunalari kabi yirik sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohasi sanaladi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Germaniya doʻstlik, savdo va navigatsiya shartnomasi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Germaniya oʻrtasida kapitalning erkin harakatlanishini taʼminlaydi. Germaniyadagi Amerika Qoʻshma Shtatlari firmalarining soliqqa tortilishi ikki tomonlama soliqqa tortish shartnomasi bilan tartibga solinadi.

Germaniyada Amerika Qoʻshma Shtatlarini idrok etish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald Tramp Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti lavozimida ishlagan yillar davomida ikki davlatning turli xalqaro muammolarga yondashuvlaridagi farqlar keskinlashgani fonida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashdi. 2020-yil mart oyida Pew tadqiqot markazi tadqiqot oʻtkazdi, unga koʻra Germaniyadagi respondentlarning mutlaq koʻpchiligi (73%) Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan munosabatlarni yomon deb taʼriflagan[1].

Germaniya aholisining jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari shuni koʻrsatdiki, 2020-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentligi saylovlaridan keyin nemislarning 53%i Amerika Qoʻshma Shtatlari demokratiyasiga ishonmaydi, respondentlarning atigi 23%i Amerika Qoʻshma Shtatlarini Germaniyaning eng muhim tashqi siyosat sherigi deb atashgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1615 L. St NW, Suite 800Washington, DC 20036USA202-419-4300 | Main202-857-8562 | Fax202-419-4372 | Media Inquiries. „Americans and Germans Differ in Their Views of Each Other and the World“ (en). Pew Research Center’s Global Attitudes Project (2020-yil 9-mart). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  2. „Nach US-Wahlen: Deutsche verlieren Vertrauen in US-Demokratie“ (de). www.koerber-stiftung.de. 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.