Amerika-meksika urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amerika-meksika urushi (1846–48) – AQShning Meksikaga qarshi olib borgan bosqinchilik urushi. AQShning janubidagi plantator quldorlar Meksikaning Texas shtatiga kuchib utganlar va Meksika hukumatiga qarshi isyon ko‘targanlar (1835) hamda Texasni "mustaqil" davlat deb e’lon qilganlar (1836). 1845 yilga kelib, AQSH Texasni o‘z shtatlari tarkibiga qo‘shib olishga erishdi, bu 1846–48 yil urushini keltirib chiqardi. AQSH bosqinchilari Meksika qo‘shinlarini tor-mor qilib, 1847 yil sentabrda mamlakat poytaxti Mexikoni oldilar. 1848 yil 2 fevralda Guadalupe-Idalgoda sulh shartnomasi tuzildi, unga muvofiq AQSH Meksika yerlarining deyarli yarmini (Texas, Yangi Meksika, Arizonaning bir qismi, Yuqori Kali-forniyani) uziga qo‘shib oldi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil