Amaury Bischoff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amaury Bischoff
Bischoff Werder Bremen bilan mashgʻulotlarda, 2007-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Amaury Armindo Bischoff
Tavallud sanasi 31-mart 1987-yil (1987-03-31) (36 yosh)[1]
Tavallud joyi Colmar, Fransiya[1]
Boʻyi 1.77 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Colmar
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Colmar
2004—2005 Strasbourg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2008 Werder Bremen II 62 (6)
2006—2008 Werder Bremen 0 (0)
2008—2009 Arsenal 1 (0)
2009—2011 Académica 10 (0)
2010Aves (loan) 10 (1)
2011—2012 Aves 20 (1)
2012—2017 Preußen Münster 142 (30)
2017—2019 Hansa Rostock 51 (2)
2019—2021 Bahlinger SC 29 (3)
2021- Colmar 12 (0)
Milliy terma jamoa
Fransiya U18
2009 Portugaliya U21 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-aprel uchun)

Amaury Armindo Bischoff (talaffuzi: Amauri Bishoff; 1987-yil 31-martda tugʻilgan) — fransuz-portugaliyalik professional futbolchi, Fransiyaning SR Kolmar klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

„Verder“da futbolchiliknig boshlaganidan soʻng faoliyatining koʻp qismini Germaniyada, asosan Preußen Münsterda oʻtkazdi. Shuningdek, Angliyada, „Arsenal“ da bir yil oʻynadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haut-Rhinning Kolmar shahrida tugʻilgan Amauryning otasi fransuz va onasi portugaliyalik[2][3]. 18 yoshida Germaniyaga koʻchib oʻtdi va Bremenning „Verder“ klubi bilan shartnoma imzoladi, faoliyatining koʻp qismini zaxirada oʻtkazdi, lekin asosiy tarkib bilan bir necha bor mashgʻulot oʻtkazdi[4].

2007-yil 14-martda Bishoff „Verder“ning asosiy jamoasida debyut qildi. O’sha mavsumda UEFA kubogi uchun „Celta“ ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida Diego oʻrniga oʻrinbosar sifatida maydonga tushgandi (umumiy hisobda 3:0). Bu uning klubdagi yagona rasmiy oʻyini boʻldi.[5]

Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bishoff 2008-yilning 1-iyulida shartnomani uzaytirishni rad etganidan soʻng „Verder“ni tark etdi. Koʻp oʻtmay, "Arsenal"ga oʻtishi yaqin ekanini aytgan bayonot berdi[6][7]; keyin 30-iyul kuni tasdiqlandi[8].

Bishoff „Arsenal“dagi debyutini 2008-yil 6-oktabrda „Stoke City“ga qarshi oʻtkazdi[9]. Ichki kubokda yana ikkita oʻyin oʻtkazdi, ikkalasida ham oʻrinbosar sifatida maydonga tushgandi.

2009-yil 2-may kuni Bishoff oʻzining Premyer-ligadagi birinchi va yagona oʻyinini oʻtkazdi. Jamoaning Portsmutga qarshi safardagi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyining 64-daqiqasida Theo Walcottning oʻrniga maydonga tushdi[10]. Shartnomasi 30-iyun kuni yakuniga yetganidan soʻng, uni „kanonirlar“ qoʻyib yuborishdi, chunki asosiy tarkibga kira olmadi[11].

Portugaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 26-avgustda Bischoff Portugaliyadagi Académica bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12]. Primeira Ligadagi debyutini 2-oktyabr kuni oʻz uyida Maritimoga qarshi oʻyinda (2:4) oʻtkazdi[13].

2011-yil 30-iyunda shartnomani uzaytirish boʻyicha barcha takliflarni rad etgandan soʻng, Bischoff Coimbrani tark etdi. Koʻp oʻtmay, „Aves“ klubiga qoʻshildi[14].

Preußen Münster[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bischoff 2012-yilning yozida Germaniyaga qaytib keldi va bir necha mavsumni Preußen Myunster bilan 3. Ligada oʻtkazdi va sardor boʻldi[15][16].

Hansa Rostok[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 21-yanvarda Bischoff Germaniya ikkinchi divizioni vakili Hansa Rostok bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[17]. 2019-yil iyun oyida klubni tark etishi eʼlon qilindi[18].

Keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bishoff 2019-yil 5-avgust kuni Sudwest Regionalligasining Bahlinger SC jamoasiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi[19].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bischoff fransiyani 18 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qildi. Biroq, 2007-yil 14-mayda Portugaliya terma jamoasida oʻynashni tanladi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-iyul, 2019-yilgi holat boʻyicha[20][21]

Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha sihtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Werder Bremen II 2005—2006 Regionalliga Nord 34 4 34 4
2006—2007 27 2 27 2
2007—2008 1 0 1 0
Jami 62 6 62 6
Werder Bremen 2006—2007 Bundesliga 0 0 0 0 1 0 1 0
Arsenal 2008—2009 Premier League 1 0 1 0 2 0 0 0 4 0
Aves 2009—2010 Segunda Liga 10 1 0 0 0 0 10 1
Académica 2009—2010 Primeira Liga 1 0 0 0 3 0 4 0
2010—2011 9 0 5 2 1 0 15 2
Jami 10 0 5 2 4 0 0 0 19 2
Aves 2011—2012 Segunda Liga 20 1 3 1 0 0 23 2
Preußen Münster 2012—2013 3. Liga 34 10 2 0 36 10
2013—2014 29 3 1 0 29 3
2014—2015 34 10 0 0 34 10
2015—2016 32 4 32 4
2016—2017 13 3 13 3
Jami 142 30 3 0 0 0 145 30
Hansa Rostock 2016—2017 3. Liga 14 1 0 0 14 1
2017—2018 23 1 1 0 24 1
2018—2019 14 0 0 0 14 0
Jami 51 2 1 0 0 0 52 2
Jami 296 40 13 3 6 0 1 0 316 43

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2009 Portugaliya U21 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „A. Bischoff“ (portugalcha). Mais Futebol. Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
  2. „O Zé-ninguém“ (portugalcha). Record (1-avgust 2008-yil). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  3. Prieur, Amaury. „Envoûté par l'Allemagne“ (fransuzcha). Les Dernières Nouvelles d'Alsace (31-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  4. Schulz, Thomas. „Der Gegner: Werder Bremen II – Müssen die Amateure gegen die Bayern helfen?“ (olmoncha). Westdeutsche Zeitung (16-avgust 2007-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
  5. „Bremen point way to quarter-finals“. UEFA (14-mart 2007-yil). Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  6. Lawless, Matt. „Amaury transfer to Arsenal 'imminent'“. The Daily Telegraph (1-iyul 2008-yil). 3-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2008-yil.
  7. „Bischoff set for Gunners“. Sky Sports (1-iyul 2008-yil). Qaraldi: 1-iyul 2008-yil.
  8. „Portuguese midfielder Amaury Bischoff joins Arsenal“. Arsenal F.C (30-iyul 2008-yil). 2008-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2008-yil.
  9. „Arsenal 3–2 Stoke City match report“. Arsenal F.C (6-oktabr 2008-yil). 2008-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2008-yil.
  10. Ornstein. „Portsmouth 0–3 Arsenal“. BBC Sport (2-may 2009-yil). Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  11. „Bischoff released by Arsenal“. Sky Sports (30-iyun 2009-yil). Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  12. Frederico. „Académica: Amaury Bischoff assina por duas épocas“ (portugalcha). Mais Futebol (26-avgust 2009-yil). 2009-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2009-yil.
  13. „O buraco da Académica está cada vez mais fundo“ (portugalcha). Público (2-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  14. „Amaury Bischoff encerra plantel“ (portugalcha). Record (30-avgust 2011-yil). 14-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  15. „Amaury Bischoff verlängert beim SC Preußen Münster“ (olmoncha). Westline (27-yanvar 2015-yil). 2018-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  16. „Amaury Bischoff est le capitaine“ (olmoncha). SC Preußen Münster (21-iyul 2015-yil). 2018-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2016-yil.
  17. „Spielmacher Bischoff wechselt nach Rostock“ (olmoncha). Norddeutscher Rundfunk (21-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.
  18. „Bischoff und Wannenwetsch verlassen Hansa“ (olmoncha). Kicker (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  19. „Amaury Bischoff wechselt von Hansa Rostock zum Bahlinger SC“ (olmoncha). Bahlinger SC (5-avgust 2019-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
  20. „A. Bischoff“. Soccerway. Qaraldi: 10-iyul 2014-yil.
  21. „Amaury Bischoff“. Worldfootball. Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.