Amat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amat
D36mF10mt
Z2
A24
Mifologiya Qadimgi Misr
Ism talqini Yamlamay yutuvchi
Lotincha yozilishi Ammut, Ammit
Jins urgʻochi
Mashgʻulot Gunohkorlarning yuragini yeydi


Amat[1] (yana Ammit, Amit, Amt[2][3], Ammat[4], Amemit[5], Amamat[1] /ˈæmɪt/; misrcha: ꜥm-mwt — „yamlamay yutuvchi“[6], Ammut — „Oʻlimni yamlamay yutuvchi“[5]) — qadimigi Misr mifologiyasida Duat (misrcha: dwȝt)da istiqomat qiluvchi, tanasi begemotniki, yoli va panjasi arsloniki, yuzi timsohnikidan boʻlgan maxluq. Amentidagi Osiris sudida agar insonga buyuk Ennead aybdor deb hukm chiqarsa, Amat aybdor insonning yuragini yamlamay yutgan[4].

Amat haqidagi tasavvurlar qadimgi Misrning Yangi podsholik davrining boshida paydo boʻlgan boʻlib, XIX sulola davrida toʻliq shakllangan[4].

Firʼavnlar daxmasidagi suratlardagi yurakni tarozida tortish sahnasida Amat tasvirlanmagan, sababi firʼavn tirikligi davrida Maatning haqiqati tashuvchisi va tarafdori hisoblanib, uni buzishga firʼavn haqli boʻlmagan. Firʼavnlar daxmasida Amat maxluq shaklida emas, balki firʼavnlar himoyachisi (qoʻriqchi) sifatida tasvirlangan[7]. Tutanxamon (KV62) maqbarasidan topilgan zarhal begemot boshlari bilan bezatilgan krovatda „Amat Firavnni yaxshi koʻradi“ degan yozuv tushirilgan[8]. Amat tunning ikkinchi soatidan firʼavn jasadini qoʻriqlagan, ammo Ptolemeylar davridagi „Vaqtlar kitobi“da bu jarayon kechki soat 10 deb qayd etilgan[9].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Amat“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  2. Slovar yegipetskoy mifologii (rus tilida). Moskva: Sentrpoligraf, 2008 — 256 bet. 
  3. Sergey Аleksandrovich Tokarev. Mifi narodov mira: ensiklopediya (rus tilida). Moskva: Sovetskaya ensiklopediya, 1987 — 728 bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Ivan Rak. Mifi Drevnego Yegipta (rus tilida). U-Faktoriya, 2007 — 398 bet. 
  5. 5,0 5,1 „Marhumlar kitobi“. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  6. Adolf Erman, Hermann Grapow. Wörterbuch der aegyptischen Sprache (nemis tilida). Berlin: Akademie Verla, 1992 — 2786 bet. 
  7. Friedrich Abitz. Pharao als Gott in den Unterweltsbüchern des Neuen Reiches (nemis tilida). Göttingen: Vandenhoeck & Ruprecht, 1995 — 219 bet. 
  8. Horst Beinlich, Mohamed Saleh. Corpus der hieroglyphischen Inschriften aus dem Grab des Tutanchamun: Mit Konkordanz der Nummernsysteme des "Journal d'entrée" des Ägyptischen Museums Kairo, der Handlist to Howard Carter's Catalogue of objects in Tutankhamūns tomb und der Ausstellungs-Nummer des Ägyptischen Museums Kairo. Oxford: Griffith Institut, 1989 — 282 bet. 
  9. Christian Leitz. Lexikon der ägyptischen Götter und Götterbezeichnungen, 2-tom. Leuven: Peeters, 2002 — 647 bet.