Amasya tinchlik shartnomasi

Amasya tinchlik shartnomasi (forscha: پیمان آماسیه; turkcha: Amasya Antlaşması) – 1555-yil 29-mayda Safaviylar davlati shohi Tahmosb I va Usmoniylar imperiyasi sultoni Sulaymon I oʻrtasida Amasya shahrida 1532–1555-yillardagi Usmoniylar–Safaviylar urushi yakunida tuzilgan bitim.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shartnoma Eron va Usmoniylar imperiyasi oʻrtasidagi chegarani belgilab berdi, uning ortidan yigirma yillik tinchlik davri boshlandi. Bu bitimga koʻra, Armaniston va Gruziya teng ravishda ikki tomon oʻrtasida boʻlindi. Gʻarbiy Armaniston va Gʻarbiy Gruziya (jumladan, Gʻarbiy Samtsxe) Usmoniylar qoʻliga oʻtdi, Sharqiy Armaniston va Sharqiy Gruziya (jumladan, Sharqiy Samtsxe) esa Eron qoʻlida qoldi[1]. Usmoniylar Iroqning katta qismini, jumladan, Bagʻdod shahrini egallab, Fors koʻrfaziga chiqish imkoniyatiga ega boʻldilar, forslar esa oʻzlarining sobiq poytaxti Tabriz shahrini hamda Kavkazdagi barcha shimoli-gʻarbiy hududlarini, jumladan, Dogʻiston va hozirgi Ozarbayjon hududlarini urushlardan avvalgi holatida saqlab qoldilar[2][3][4]. Shunday qilib, belgilangan chegara sharqiy va gʻarbiy Gruziyani ajratib turuvchi togʻlar orqali, Armaniston hududidan oʻtib, Zagros togʻlarining gʻarbiy yon bagʻirlari orqali Fors qoʻltigʻigacha choʻzildi.
Sharqiy Onadoʻlida, masalan, Arzirum, Shahrizor va Van kabi hududlarda bir nechta bufer zonalari ham tashkil etildi[5]. Kars esa betaraf hudud deb eʼlon qilindi va undagi mavjud qal’a buzib tashlandi[6][7].
Bundan tashqari, Usmoniylar fors ziyoratchilariga Makka va Madina kabi musulmonlar uchun muqaddas shaharlarga, shuningdek, Iroqda joylashgan shialar uchun muqaddas ziyorat joylariga erkin borish imkoniyatini kafolatladilar[8].
Kavkazning qatʼiy ravishda boʻlinishi va Mesopotamiyaning qaytarilmas tarzda Usmoniylarga berilishi yirik tinchlik bitimi – 1639-yildagi Zuhob sulhiga muvofiq amalga oshirildi[9].
Shartnomaning yana bir bandiga koʻra, Safaviylar birinchi uchta Roshidun xalifalari[10], Oysha va boshqa sahobalarni qargʻash amaliyotini toʻxtatishga majbur boʻldilar, chunki ular sunniylar tomonidan yuksak ehtirom bilan eʼzozlangan shaxslardir. Bu talab Usmoniylar—Safaviylar oʻrtasidagi shartnomalarda odatiy hisoblangan[11], ammo bu safar Tohmasb uchun tahqirli shart sifatida qabul qilindi[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mikaberidze, Alexander. Historical Dictionary of Georgia, 2, Rowman & Littlefield, 2015 — xxxi-bet. ISBN 978-1442241466.
- ↑ The Reign of Suleiman the Magnificent, 1520–1566, V. J. Parry, A History of the Ottoman Empire to 1730, ed. M. A. Cook (Cambridge University Press, 1976), 94.
- ↑ Mikaberidze, Alexander Conflict and Conquest in the Islamic World: A Historical Encyclopedia, Volume 1. ABC-CLIO, 31 jul. 2011 ISBN 1598843362 p 698
- ↑ A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East, Vol. II, ed. Spencer C. Tucker, (ABC-CLIO, 2010). 516.
- ↑ Ateş, Sabri. Ottoman-Iranian Borderlands: Making a Boundary, 1843–1914. Cambridge: Cambridge University Press, 2013 — 20-bet. ISBN 978-1107245082.
- ↑ Mikaberidze, Alexander Conflict and Conquest in the Islamic World: A Historical Encyclopedia, Volume 1. ABC-CLIO, 31 jul. 2011 ISBN 1598843362 p 698
- ↑ Mikaberidze, Alexander. Historical Dictionary of Georgia, 2, Rowman & Littlefield, 2015 — xxxi-bet. ISBN 978-1442241466.
- ↑ Shaw, Stanford J. (1976), History of the Ottoman Empire and modern Turkey, Volume 1, p. 109. Cambridge University Press, ISBN 0-521-29163-1
- ↑ Feodalniy stroy Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh., Great Soviet Encyclopedia (ruscha) - ↑ Andrew J Newman. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B.Tauris, 11 Apr 2012 — 46-bet. ISBN 9780857716613.
- ↑ Suraiya Faroqhi. The Ottoman Empire and the World Around It, illustrated, reprint, I.B.Tauris, 3 Mar 2006 — 36, 185-bet. ISBN 9781845111229.
- ↑ The Sunna and Shi'a in History: Division and Ecumenism in the Muslim Middle East Bengio: . Palgrave Macmillan, 8 Nov 2011 — 60-bet. ISBN 9780230370739.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atçıl, Zahit (2019). "Warfare as a Tool of Diplomacy: Background of the First Ottoman-Safavid Treaty in 1555". Turkish Historical Review 10 (1): 3–24. doi:10.1163/18775462-01001006.
- Köhbach, M. (1989). "AMASYA, PEACE OF". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 9. p. 928. https://iranicaonline.org/articles/amasya-peace.
- McLachlan, Keith (2000). "BOUNDARIES i. With the Ottoman Empire". Encyclopaedia Iranica, Vol. IV, Fasc. 4. 401–403 b. https://www.iranicaonline.org/articles/boundaries-i.