Amar Sindhu
| Amar Sindhu | |
|---|---|
| امر سندھو | |
|
| |
| Tavalludi |
Salma Lagari 1968-yil 28-avgust |
| Fuqaroligi | Pokiston |
| Kasbi | Akademik, shoir, muallif |
Salma Lagari, asosan, Amar Sindhu nomi bilan tanilgan (urducha: امر سندھو, sindhi: امر سنڌو) (1968-yil 28-avgustda tugʻilgan) — pokistonlik muallif, shoir, faol va akademik.
Yoshligi va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sindhuning asl ismi Salma Lagari boʻlib, 1968-yil 28-avgustda Pokistonning Sind viloyati Mirpur Xas okrugidagi Dodo Lagari qishlogʻida Husayn Buxsh Lagari oilasida dunyoga kelgan[1]. Lagari bir marta bakalavr hamda ikki marta magistrlik darajasini olgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sindhu Sind universitetida falsafa boʻyicha dotsent sifatida faoliyat olib boradi[2]. U, shuningdek, sindh tilida sheʼrlar ham yozadi[3][4][5].
Faolligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inson huquqlari[6] va fuqarolik jamiyati faoli sifatida Sindhu ozchiliklar huquqlari[7][8], ayollar, zoʻravonlik[9] kabi bir qator masalalarda faol ishtirok etib kelgan. U, shuningdek, faktlarni aniqlash guruhlari tarkibida ham boʻlgan[10]. Sotsialistik feminist va ayollar huquqlari faoli sifatida Salma Lagari Ayollar harakat forumining faoli, asoschisi va yetakchi aʼzosi hisoblanadi[11][12][13][14][15][16][17].
2012-yilda Lagari Karachi shahriga ketayotganda unga oʻq uzilgan va natijada yengil jarohat olgan[18].
2020-yil 8-mart kuni Ayollar kuni munosabati bilan Sukkur shahrida oʻtkazilgan „Aurat Azadi March“ (Ayollar ozodligi marshi)ga aynan Sindhu boshchilik qilgan[19]. Sindhu inson huquqlari faoli Arfana Mallah bilan birga 2008-yilda Haydarobod shahrida Ayollar harakat forumining boʻlimini yoʻlga qoʻygan[20][21][22]. Sindhuga bu ishlarni amalga oshirishida Karachi shahridagi Sabeen Mahmudning T2F tashabbusi ilhom bergan[23]. U Haseen Shah va Arfana Malah bilan birga Sindh muzeyida Xanabadosh yozuvchilar kafesini[24] tashkil etib, Haydarobod va Sindning boshqa hududlaridan ziyoli shaxslar hamda ijodkorlar intellektual munozaralar olib borishi mumkin boʻlgan makon yaratgan[25]. 2015-yilda u sind shoiri Shayx Ayaz (1923–1997) hayoti va ijodini nishonlash maqsadida „Ayaz festivali“ni tashkil etgan[26]. Festivalda tazim bajo keltirganlar orasida tajribali siyosatchi Rasool Bux Palijo hamda yozuvchi Noorul Huda Shah ham boʻlgan[27]. 2015-yilda Lagari kafeda shoir va jurnalist Hasan Mujtaba xotirasiga bagʻishlangan tadbir ham oʻtkazgan[28].
Maqolalar va nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amar Sindhu yozuvchi[29][30] va siyosiy tahlilchi hamdir. U ingliz, urdu va sindh tillarida koʻplab maqolalar yozgan. Shuningdek, uning ishlari nemis tiliga ham tarjima qilingan[31][32].
Salma Lagari ijtimoiy, siyosiy va madaniy masalalarga bagʻishlangan „Adrish“ nomli jurnalni ham nashr ettirgan[33].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „امر سنڌو : (Sindhianaسنڌيانا)“ (sd). www.encyclopediasindhiana.org. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Attack on SU teachers condemned“ (en). DAWN.COM (2012-yil 11-iyul).
- ↑ Salman, Peerzada. „'Pakistan has a diverse culture'“ (en). DAWN.COM (2020-yil 1-noyabr).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Corners for three notables opened at Sindhology“ (en). DAWN.COM (2015-yil 2-fevral).
- ↑ InpaperMagazine, From. „POETRY: A dream odyssey“ (en). DAWN.COM (2012-yil 5-fevral).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Heroic struggle of Asma Jehangir eulogised“ (en). DAWN.COM (2019-yil 11-fevral).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Hindus advised not to migrate“ (en). DAWN.COM (2012-yil 18-avgust).
- ↑ Report, Bureau „'Unholy alliance' blamed for killing of three Hindus“ (en). DAWN.COM (2011-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ Reporter, The Newspaper's Staff. „Demand for probe into attack on SU teachers“ (en). DAWN.COM (2012-yil 12-iyul).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Activists say FIR of Jamshoro woman's death 'flawed'“ (en). DAWN.COM (2020-yil 15-iyul).
- ↑ „The 'peace' prize: 'Malala, Satyarthi's share of award might help ease Indo-Pak tensions'“ (en). The Express Tribune (2014-yil 21-oktyabr).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „WAF launches 'Stop killing women' campaign“ (en). DAWN.COM (2015-yil 12-oktyabr).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Women's quota in police jobs to be doubled, says Sindh IG“ (en). DAWN.COM (2019-yil 9-mart).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's. „Call for effective implementation of women protection laws“ (en). DAWN.COM (2014-yil 20-avgust).
- ↑ „Two women's struggle“. Daily Times (2016-yil 16-fevral).
- ↑ „Success story: How a news story won a gang-rape victim justice“ (en). The Express Tribune (2014-yil 1-yanvar).
- ↑ „Of three Thari women, revenge and a cell phone“ (en). The Express Tribune (2013-yil 11-sentyabr).
- ↑ Correspondent, The Newspaper's Staff. „Amar Sindhu injured in attack“ (en). DAWN.COM (2012-yil 10-iyul).
- ↑ Reporter, A.. „Defiance in the air as women stage Azadi March in Sukkur“ (en). DAWN.COM (2020-yil 9-mart).
- ↑ „HYDERABAD: WAF chapter“ (en). DAWN.COM (2008-yil 7-aprel).
- ↑ „Women decide to fight back“ (en). DAWN.COM (2009-yil 25-fevral).
- ↑ „'Stoking of ethnic tensions' by govt condemned“ (en). www.thenews.com.pk.
- ↑ Inam, Moniza „SOCIETY: GATHERING THE CREATIVE NOMADS“ (en). DAWN.COM (2017-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ Newspaper, the. „Khanabadosh Café“ (en). DAWN.COM (2017-yil 25-oktyabr).
- ↑ Abbasi, Reema. „Footprints: Khanabadosh: A home for the thought“ (en). DAWN.COM (2015-yil 21-iyul).
- ↑ „Peerless Sindhi poet Shaikh Ayaz comes back to life at week-long festival“ (en). The Express Tribune (2015-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ „'Shaikh Ayaz laid foundation of modern Sindh'“ (en). DAWN.COM (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ „Literati pay tribute to Hassan Mujtaba“ (en). DAWN.COM (2015-yil 18-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ „Young woman writer from Quetta wins NCSW Literary Award“ (en). www.thenews.com.pk.
- ↑ „Lahooti Melo“ (en). DAWN.COM (2019-yil 12-fevral).
- ↑ „Amar Sindhu – Karachi Literature Festival“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ „Poets translating Poets - Poets - Goethe-Institut“. www.goethe.de. Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ „Amar Sindhu“. 2025-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 16-mart.