Amangilich Kochumov
|
Kochumov Eron bilan oʻyin oldidan matbuot anjumanida. | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Amangilich Ovezovich Kochumov | ||
| Tavallud sanasi | 1965-yil 24-iyul | ||
| Tavallud joyi | Ashxobod, Turkmaniston SSR | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1988—1989 | Kopetdag | 34 | (2) |
| 1989—1991 | Ahal | 77 | (14) |
| 1991 | Nebitchi | 10 | (7) |
| 1992 | Ahal | ? | (?) |
| 1993 | Buzmeyin | ? | (?) |
| 1995 | Turan | ? | (?) |
| 1998—1999 | Kopetdag | ? | (?) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2000 | Ahal | ||
| 2000 | FC Galkan | ||
| 2001—2011 | Turkmaniston U-16 | ||
| 2005 | Turkmaniston | ||
| 2008—2015 | Ashxobod | ||
| 2011—2016 | Turkmaniston U-23 | ||
| 2015—2016 | Turkmaniston | ||
| 2016—2019 | Ashxobod | ||
| 2019 | Ahal | ||
| 2020— | Nebitchi | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Amangilich Kochumov (turkmancha: Amangylyç Öwezowiç Koçumow; 1965-yil 24-iyulda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiyi va sobiq sovet futbolchisi. Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2020-yildan „Nebitchi“ klubining hozirgi bosh murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988—1989-yillarda Kopetdag jamoasida oʻynagan. 1989—1991-yillarda „Ahal“ klubida oʻynagan.
1992-yilda mustaqil Turkmaniston chempionatining 1-turida Sport Buzmeyin klubi darvozasiga 5 ta gol urgan. Keyinchalik qolgan 20 tur davomida yana 22 ta gol muallifi boʻlgan. 1993-yilgi mavsumda „Buzmeyin“ klubida oʻynagan.
1994—1999-yillarda u „Turan“ (jamoa sardori edi), „Eskawatorşik“, „Merv“, „Kopetdag“ klublarida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amangilich murabbiylik faoliyati 1999-yil oxirida Ahal klubida boshlangan. 2000-yilda Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining Galkan FK jamoasini boshqarib, jamoani Yokari ligaga olib chiqqan. 2001-yildan Turkmaniston olimpiya zaxiralari futbol maktabi katta murabbiyi va oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
2002-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining Xalqaro oʻsmirlar oʻyinlarida Kochumov murabbiyligidagi Turkmaniston oʻsmirlar terma jamoasi kuchli sakkizlikka kirgan. Bu muvaffaqiyat ortida Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan.
2005-yilda Turkmaniston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi boʻlgan. Jamoa bilan faqat bitta oʻyin oʻtkazgan, unda Turkmaniston terma jamoasi Bahraynga (0:5) magʻlub boʻlgan.
2008-yildan 2015-yilgacha „Ashxobod“ klubida bosh murabbiylik qilgan.
2011-yilda Turkmaniston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[1]. 2015-yilda Turkmaniston terma jamoasini 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etishga tayyorlash uchun bosh murabbiy etib tayinlangan[2]. Amangilich bu davrda Turkmaniston U23 va Turkmaniston terma jamoalarida bosh murabbiylik qilgan[3][4]. Turkmaniston terma jamoasi saralash oʻyinlari „D“ guruhida 3-oʻrinni egallagan va bu natija jamoaga JCh—2018 saralash oʻyinlarining keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini qoldirmagan. Shunga qaramay jamoa 2019-yilgi Osiyo Kubogi yoʻllanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan.
2019-yil iyul oyida „Ashxobod“ klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgan[5]. 2019-yil sentyabr oyida „Ahal“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[6]. Kochumov 2020-yilning avgust oyidan beri Nebitchi jamoasini boshqarmoqda[7].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amangilichning otasi Ovez Kochumov ham futbol sohasida faoliyat olib borgan, Ovez Kochumov butunittifoq toifali hakam, Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiyi va Turkmaniston futbol federatsiyasining faxriy raisi boʻlgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatidagi yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahal FK
- Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 1992-yil
- Buzmeyn FK
- Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 1993-yil
- Turan Daszoguz
- Turkmaniston kubogi sohibi: 1995-yil
- Turkmaniston kubogi finalchisi: 1994-yil
- Kopetdog Ashxobod
- Turkmaniston ikkinchi oʻrin sohibi: 1998/99
Murabbiylik yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Galkan
- Turkmaniston Oliy ligasiga chiqish: 2000-yil
- Ashxobod
- Turkmaniston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
- Turkmaniston kubogi finalchisi: 2011-yil
Davlat mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkmaniston sport ustasi unvoni
- Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni: 2002-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Туркменские футболисты вышли во второй раунд отборочного турнира Олимпиады-2012 | Интернет-газета Turkmenistan.Ru“. turkmenistan.ru. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Футбольная национальная сборная Туркменистана обрела главного тренера -Спорт-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Türkmenistanyň milli ýygyndy toparyna baş tälimçi bellenildi-Sport-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Футбольная национальная сборная Туркменистана обрела главного тренера -Спорт-Turkmenportal.com“. turkmenportal.com. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Саид Сеидов назначен главным тренером футбольного клуба "Ашхабад" | Спорт“.
- ↑ Amanklich Kochumov naznachen glavnim trenerom futbolnogo kluba „Axal“
- ↑ Amanklich Kochumov vozglavil balkanabatskiy „Nebitchi“
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amangilich Kochumov Global sport arxivida
- Amangilich Kochumov Footballfakts saytida
- Amangilich Kochumov Transfermakrt saytida
- 24-iyulda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Ashxobodda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ashxobodlik futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- SSSR erkak futbolchilari
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- FC Ahal futbolchilari
- Bagtiyarliq-Lebap FK futbolchilari
- FC Marv futbolchilari
- FK Nebitchi futbolchilari
- Buzmeyin futbol klubi futbolchilari
- Turon Toshoʻgʻuz futbol klubi futbolchilari
- Turkmaniston futbol murabbiylari
- Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- FC Ahal klubi murabbiylari
- Ashxobod futbol klubi murabbiylari
- Nebitchi klubi murabbiylari
- Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar
- Turkmaniston sport ustasi
