Kontent qismiga oʻtish

Amaliy darajadagi shlyuz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amaliy darajadagi shlyuz (inglizcha: Application-level gateway; qisqartmasi ALG; shuningdek, application-layer gateway, application gateway, application proxy yoki application-level proxy deb ham yoziladi) — tarmoqlararo ekranni tashkil etish usullaridan biri. Bu texnologiya mijoz va tashqi xost oʻrtasida bevosita aloqani cheklaydi hamda kiruvchi va chiquvchi paketlarni OSI modelining amaliy darajasida filtrlashni taʼminlaydi. Shuningdek, TCP/IP protokollari asosida ishlovchi ayrim servislarning maʼlumot oqimlari shlyuz orqali qayta yoʻnaltiriladi[1].

  1. Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati 2023, s. 24.
  • Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lugʻati. Toshkent: „Kafolat print company“ nashriyoti, 2023 — 824-bet. ISBN 978-9943-988-89-7.