Kontent qismiga oʻtish

Amadiya Katta masjidi

Koordinatalari: 37°05′38″N 43°29′18″E / 37.09389°N 43.48833°E / 37.09389; 43.48833
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Amadiya Katta masjidi
جامع العمادية الكبير
Amadiya Katta masjidi minorasi
Mamlakat  Iroq
Hudud Iroq Kurdistoni
Shahar Amadiya
Koordinatalar 37°05′38″N 43°29′18″E / 37.09389°N 43.48833°E / 37.09389; 43.48833
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
  • Abbosiylar meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi milodiy 1177-yil
Oʻlchami 300 nafar
Bino maydoni 2,000 m2 (22,000 kv ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 30 m (98 ft)
Qurilish materiallari tosh, loy, alebastr

Amadiya Katta masjidi (arabcha: جامع العمادية الكبير‎; kurdcha: مزگەفتی گەورەی ئامێدی), shuningdek, Amadiya jome masjidi deb ham yuritiladi, Iroqning Kurdiston mintaqasidagi Amadiya shaharchasida joylashgan masjid[1]. Milodiy 1177-yilda Abbosiylar xalifaligi davrida bunyod etilgan va bir necha bor taʼmirlangan.

Ramziy maʼnoga ega, balandligi 30 metr (98 ft)ga yetadigan minora XV asrda sulton Husayn al-Vali hukmronligi davrida qad rostlagan. Minorada yuqoriga olib chiqadigan spiral zinapoya mavjud[2]. Ushbu minora koʻpincha Mosuldagi an-Nuriy jome masjidi minorasi bilan qiyoslanadi. XVIII asrda sodir boʻlgan bir bosqin chogʻida minoraning gumbaziga shikast yetgan, soʻngra taʼmirlangan. 1961-yilda masjid Iroq hukumati tomonidan uyushtirilgan havo hujumlarida zarba olgan, buning oqibatida minoraning yuqori qismi zarar koʻrgan. Keyinchalik asl toshlardan foydalanilgan holda qayta tiklangan[3].

Masjid haram hamda alebastr, loy va toshdan qurilgan bir nechta gumbazlarga ega[3]. Haram 2 qismga boʻlingan: yuqori qismi Sulton Husayn tomonidan bunyod etilgan, pastki qismi esa ayollar uchun moʻljallangan ibodat xonasidir. Masjid umumiy hisobda 2,000 m2 (22,000 kv ft) maydonni egallaydi va 300 nafargacha ibodat qiluvchini sigʻdira oladi.

Masjid tarkibida tarixiy madrasa ham mavjud boʻlib, ushbu madrasa bir vaqtlar shahardagi eng yirik taʼlim muassasasi hisoblangan. Madrasa diniy yoʻnalishdagi fanlar, jumladan, fiqh va arab tilidan taʼlim bergan. Ushbu madrasa Sulton Husayn tomonidan yangidan taʼmirlangan. Janubiy qismida ravoqlar va gumbazga ega masjid, shuningdek, fiqhga oid asarlar saqlanadigan kutubxona mavjud[4].

  1. „ar:"ذو الكفل” يجمع المسلمين والمسيحيين واليهود في العمادية العراقية“ (ar). Kitabat. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  2. „fa:العمادية مدينة الألف منزل.. سكانها يغادرون“ (ar). Niqash. 2018-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „ar:هذا الصباح"-مدينة العمادية شمال العراق“ (ar). Al Jazeera (2017-yil 7-avgust). Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  4. دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية. — 292-bet.