Kontent qismiga oʻtish

Alyuminatlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Alyuminatlar — alyuminat kislotalar (ortoalyuminat HjAIOj, metaalyuminat NA1O2 va boshqalar)ning tuzlari, alyuminiy oksidning boshqa metallar bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari, umumiy formulasi R [A12O4] (R-Sa, Mg, Sr, Va, Be va hokazo). Tabiatda eng koʻp tarqalgan. Ishqoriy metallarning Alyuminatlar suvda yaxshi eriydi. Alyuminatlar turli sohalarda ishlatiladi. Masalan, natriy Alyuminatlar NaA102 gazlamalarni boʻyashda ishqor sifatida qoʻllanadi; kalsiy Alyuminatlar Sa (AYU2)2 tez qotadigan giltuproqli sementning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi; shpinellardan (ayrim II guruh metallar A.) olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda hamda qimmatbaho tosh sifatida foy-dalaniladi (yana qarang Alyuminiy). Hozirgi vaqtda nodir metallarning A. alohida amaliy ahamiyatga ega. Ular maxsus keramika, lazer va optik shishalar, o'ta elektr oʻtkazuvchan materiallar olishda, yadro texnikasida va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida nodir elementlar oksidlarining oʻrniga ishlatiladigan materiallardir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil