Yuriy Alyabyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alyabev Yuriy Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)

Yuriy Aleksandrovich Alyabyev (1903.23.12, Tambov viloyati Michurinsk shahri — 1983.18.10, Samarqand) — aktyor va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Moskva drama sanʼati bilim yurtini tugatgan (1921). 1923 — 35 yillarda Samarqand yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. 1933 — 74 yillarda Samarqand rus drama teatrida rejissyor, 1948 — 64 yillarda bosh rejissyor „Revizor“ (1936), „Otello“ (1950), „Tartyuf“ (1951), „Olchazor“ (1951), „Oila“ (1952), „Rus masalasi“ (1957), „Shohi soʻzana“ (1974) va boshqa asarlarni sahnaga kUygan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil