Alxa ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alxa Ligasi

阿拉善盟 •
Skyline of Alxa Ligasi
38°50′51″N 105°42′11″E / 38.84750°N 105.70306°E / 38.84750; 105.70306 G OKoordinatalari: 38°50′51″N 105°42′11″E / 38.84750°N 105.70306°E / 38.84750; 105.70306 G O
Aholisi
 (2010)
231 334
Vaqt mintaqasi UTCXitoy standarti
[[File:|290px|Alxa Ligasi xaritada]]
Alxa Ligasi
Alxa Ligasi

Alxa ligasi yoki Alashàn ligasi (Alshaa viloyati) — Ichki Moʻgʻulistonning 12 ta prefektura darajasidagi boʻlinmalaridan biri. Alxa ligasi shimolda Mo'g'uliston, shimoli-sharqda Bayan Nur, sharqda Wuhai va Ordos, janubi-sharqda Ningxia, janub va gʻarbda Gansu shahrlari bilan chegaradosh. Alxa ligasi poytaxti — Bayanhot shahri[1]. Alxa ligasi aholisi mongol tilining Alasha dialektida soʻzlashadi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilgi aholini roʻyxatga olish roʻyxatida Alxa ligasi hududida 231,334 nafar aholi roʻyxatga olingan. Alxa — Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatining eng kam aholi yashaydigan hududi.

Alxa ligasi hududiga Tengger choʻlidan bir qancha aholi koʻchirilgan[2].

Etnik guruh Aholi soni Foizda
Han 140 900 71,79 %
Mongollar 44 630 22,74 %
Hui 9331 4,75 %
Manjurlar 952 0,49 %
tibetliklar 146 0,07 %
Tu 68 0,03 %
Daur 67 0,03 %
Boshqalar 185 0,09 %

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alxa ligasida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi butun Xitoy profekturalari orasida eng yuqori oʻrinda turadi. 2013-yilda aholi boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi taxminan 30 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Mintaqada boylik bir tekis taqsimlanmagan va mahalliy aholi sonining kamligi tufayli statistik maʼlumotlar hamisha oʻzgarib turadi. Samarali iqtisodiy faoliyatning katta qismi mintaqada faoliyat yurituvchi, tabiiy resurslarni qazib oluvchi bir qancha yirik kompaniyalar homiyligida amalga oshiriladi. Bunday kompaniyalar orasida „China Kingho“ korporatsiyasining „clean coal“ texnologik operatori va Ichki Moʻgʻulistonda joylashgan „Taiximei Group“ kabilar mavjud. Alxa ligasi uzoqda joylashganligi sababli, iqtisodiy faoliyatning katta qismi Xitoyning boshqa qismlaridan kelgan mehnat muhojirlari koʻmagida amalga oshiriladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulotning yuqoriligi Xitoyning boshqa shaharlaridan kelib ishlovchi muhojirlar oyligiga taʼsir qilmaydi.

Maʼmuriy boʻlinmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alxa ligasi uchta bannerga boʻlingan:

Xarita
Nomi Moʻgʻul tilida Xitoy tilida Hanyu Pinyin Aholisi

(2010)

Maydoni

(km²)

Zichlik

(/km²)

Alxa Left Banner(Alxa Jun Banner) ᠠᠯᠠᠱᠠ ᠵᠡᠭᠦᠨ ᠬᠣᠰᠢᠭᠤ(Alaša Jegün qosiɣu) 阿拉善左旗 Ālāshàn Zuǒ Qí 173,494 80,412 2.15
Alxa Right Banner(Alxa Barun Banner) ᠠᠯᠠᠱᠠ ᠪᠠᠷᠠᠭᠤᠨ ᠬᠣᠰᠢᠭᠤ(Alaša Baraɣun qosiɣu) 阿拉善右旗 Ālāshàn Yòu Qí 25,430 72,556 0.35
Ejin Banner ᠡᠵᠡᠨ᠎ᠡ ᠬᠣᠰᠢᠭᠤ(Ejen-e qosiɣu) 额济纳旗 Éjìnà Qí 32,410 114,606 0.28

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jiuquan sunʼiy yoʻldoshni ishga tushirish markazi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wulsin, Frederick R. (February 1926). "The Road to Wang Ye Fu". National Geographic Magazine 49 (2): 197. 
  2. Haner, Josh, et al. (24 October 2016). Living in Chinaʼs Expanding Deserts, The New York Times

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]