Stepan Altunin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Altunin Stepan Titovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Stepan Titovich Altunin (1904.20.7, Rossiya, Samara viloyati Klyavlin tumani – 1959.14.12, Toshkent) – injenergidrotexnik, O‘zbekiston fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1956), texnika fanlari direktori (1948), professor (1949), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator (1949). Moskva suv xo‘jaligi injenerlari institutini tugatgan (1931). O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim va daryolar oqimini tartibga solish guruhi rahbari (1934–42). O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligida katta injener va ishlab chiqarish tadqiqotlari guruhi rahbari (1944– 46). O‘zbekiston fanlar akademiyasi Inshootlar va qurilish materiallari institutining gidrotexnika sektori rahbari (1946–56). 1956 yildan O‘zbekiston fanlar akademiyasi Suv mu-ammolari va gidrotexnika institutida laboratoriya rahbari. Manbalardan suv olish bo‘yicha yangi konstruksiyalar yaratdi va uni jo-riy qildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil