Kontent qismiga oʻtish

Altay Bayındır

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Altay Bayındır
Bayındır 2021-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Altay Bayındır[1]
Tavallud sanasi 14-aprel 1998-yil (1998-04-14) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Osmangazi, Turkiya
Boʻyi 1.98 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2011 Bursaspor
2011–2012 Arabayatağıspor
2012–2013 Bursa Yolspor
2013–2016 Ankaragücü
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2019 Ankaragücü 28 (0)
2019–2023 Fenerbahçe 116 (0)
2023– Manchester United 4 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Turkiya U17 1 (0)
2017 Turkiya U19 1 (0)
2018 Turkiya U20 2 (0)
2018 Turkiya U21 10 (0)
2021– Turkiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-may uchun)

Altay Bayındır (1998-yil 14-aprelda tug‘ilgan) — turkiyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Turkiya milliy futbol terma jamoasi safida to‘p suradi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayındır Turkiya Superligasidagi o'zining debyut o'yinini 2018-yil 30-noyabrda Çaykur Rizespor jamoasiga qarshi o'tkazgan[3].

2019-yil 8-iyulda Bayındır Fenerbahçe bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan[4]. U jamoadoshi Harun Tekin bilan raqobatda ustun kelgan va jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan[5]. 2019-yil 19-avgust kuni u Gaziantep jamoasiga qarshi Şükrü Saracoğlu stadionida bo'lib o'tgan o‘yinda Fenerbahçe safida debyut qilgan[6].

2020-yil 3-oktabrda Bayındır Fatih Karagümrükga qarshi 4-tur o‘yinida Erik Saboning penaltisini qaytargan. Bu o‘yin Fenerbahçe foydasiga 2:1 hisobida yakunlangan[7]. 2020-yil 6-dekabrda u yana bir penalti zarbasini – bu safar Denizlispor futbolchisi Radosław Murawski tomonidan tepilgan zarbani bartaraf etgan va Fenerbahçe 2:0 hisobida g‘alaba qozongan[8]. Bu o‘yinda Fenerbahçe 10 kishi bo‘lib o‘ynagan bo‘lsa-da, Bayındır yettita muhim seyv amalga oshirgan[9].

2021-yil 30-oktabr kuni Konyasporga qarshi uchrashuv vaqtida Bayındır Serdar Gürler bilan to‘qnashuv natijasida jarohat olgan va maydonni tark etgan[10]. Ertasi kuni klub rasmiy bayonot bergan. Altay Bayındırning yelkasida singan joy aniqlanmagan bo‘lsa-da, akromioklavikulyar ajralish kuzatilgan. Unga operatsiya qilishga qaror qilingan va davolash jarayoni boshlangan[11].

2023-yil 18-mart sanasida u muddati 2023-yil oxirida tugashi kutilayotgan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan. 2023-yil 17-aprelda Bayındır operatsiya qilingan[12][13].

Manchester United

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 1-sentabrda Bayındır Manchester Yunayted klubiga to‘rt yillik shartnoma asosida qo‘shilgan. Shu tariqa u klub tarixidagi birinchi turkiyalik futbolchiga aylangan[14][15]. Transfer narxi 4.3 million funt sterling deb xabar qilingan. U klub safidagi ilk o‘yinini 2024-yil 28-yanvarda Newport Countyga qarshi Angliya kubogida amalga oshirgan[16].

2025-yil 12-yanvarda Bayındır Arsenalga qarshi Angliya kubogi o‘yinida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan. 72-daqiqada Martin Ødegaardning penaltisini qaytargan. O‘yin durrang bilan tugab navbat penaltilar seriyasigacha yetib borgan. Bayındır penaltilarda Kai Havertzning zarbasini to‘sgan va Manchester United keyingi bosqichga yo‘l olgan. Altay ushbu uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan[17].

2025-yil 13-aprelda Bayındır Newcastle Unitedga qarshi Angliya Premyer-ligasi o‘yinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan. O‘yin 4:1 hisobida Newcastle foydasiga yakunlangan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayındır 2018-yilda Toulon turnirida Turkiya U20 terma jamoasi safida ishtirok etgan[18].

Kattalar terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayındır 2020-yil 9-noyabrda murabbiy Şenol Güneş tomonidan UEFA Millatlar Ligasi turniri doirasida Vengriya va Rossiyaga qarshi o‘yinlar uchun kattalar terma jamoasiga chaqirilgan[19][20]. U 2021-yil 27-may kuni Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ilk bor Turkiya terma jamoasi safida maydonga tushgan[21].

  1. „2024/25 Premier League squad lists“. Premier League (2024-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Altay Bayındır: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  3. „Çaykur Rizespor – MKE Ankaragücü TFF Maç Detayı“ (Tr). Turkish Football Federation. 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  4. „Altay Bayındır Renklerimize Bağlandı“ (Tr). Fenerbahçe S.K. (2019-yil 8-iyul). 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  5. „Avrupa'nın gözü Fenerbahçeli Altay Bayındır'ın üstünde“ (Tr). Yeni Şafak (2019-yil 11-oktyabr). 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  6. „Fenerbahçe A.Ş. – Gazişehir Gaziantep Futbol Kulübü TFF Maç Detayı“ (Tr). Turkish Football Federation. 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  7. „Fenerbahçe-Karagümrük: 2–1“ (Tr). Milliyet (2020-yil 3-oktyabr). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  8. „Denizli'de Altay'ın Gecesi“ (Tr). TRT Spor (2020-yil 6-dekabr). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  9. „Süper Lig'de 11'inci haftaya damga vuran 7 olay“ (Tr). Sözcü (2020-yil 8-dekabr). 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  10. „Fenerbahce Altay left the field in tears“. Livik.net. 2023-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  11. „Bilgilendirme“ (tr). Fenerbahçe S.K.. 2021-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  12. „Kaptanımız Altay Bayındır 4 yıl daha Fenerbahçemizde“ (tr). Fenerbahçe S.K. (2023-yil 18-mart). 2023-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  13. „Geçmiş Olsun Altay Bayındır“ (tr). Fenerbahçe S.K.. 2023-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  14. „Altay Bayindir signs for United“ (en-GB). Manchester United (2023-yil 1-sentyabr). 2023-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  15. „Man Utd sign goalkeeper Bayindir for £4.3m“ (en-GB). BBC Sport (2023-yil 1-sentyabr). 2023-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  16. „Altay ilk maçına çıktı ManU kazandı“ [Altay played his first match, ManU won] (tr). TRT Spor (2014-yil 28-yanvar).
  17. Howell, Alex. „'In one week, your life can change' – Man Utd hail 'hero' Bayindir“. BBC Sport (2025-yil 13-yanvar). 2025-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-yanvar.
  18. „Turkey squad announced for the Toulon Tournament 2018!“ (Tr). festival-foot-espoirs.com (2018-yil 19-may). 2020-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-oktyabr.
  19. „Son dakika: Altay Bayındır A Milli Takım'a çağrıldı“ (Tr). Fanatik (2020-yil 9-noyabr). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  20. „A Millî Takım'ın Hırvatistan, Rusya ve Macaristan maçları aday kadrosu açıklandı“ (Tr). Turkish Football Federation (2020-yil 9-noyabr). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
  21. „Turkey v Azerbaijan game report“. ESPN (2021-yil 27-may). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.