Alp mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alp mintaqasi — togʻlardagi tabiiy balandlik mintaqasi, asosan moʻ’tadil va subtropik kengliklarda, aksari togʻ-oʻtloq landshaft tipidan iborat. Subalp mintaqasidan yuqorida joylashgan togʻlarning balandroq qismida Alp mintaqasi nival mintaqasi bilan al-mashinadi. Alp mintaqasining balandlik holati geografik kenglik, namlik darajasi va yon bagʻirlarining ekspozitsiyasi bilan bogʻliq. Alp togʻlari va Gʻarbiy Kavkazda Alp mintaqasi 2000 m dan 3000 m gacha, Himolay togʻlarining janubiy yon bagʻirlarida 3600 m dan 5000 m gacha oralikdagi balandli-klarni egallagan. Moʻ’tadil va subtro-pik kengliklardagi togʻlarning seryogʻin yon bagʻirlarida aniq namoyon boʻlgan; yuqoriroq kengliklarda togʻ-tundra mintaqasi, quyiroq kengliklarda esa baland togʻ-dasht va choʻl mintaqasi; ekva-torial kengliklarda oʻtloqlar (paramos) mintaqasi bilan almashinadi. Relefning togʻ-muzlik shakllari keng tarqalgan. Iqlimi sovuq, qor qoplami qalin (6-10 oy saqlanadi), vegetatsiya davri qisqa, qattiq shamollar boʻlib turadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 15°, iyulniki 14° chama-sida, yillik yogʻin miqdori 1000 mm va undan koʻp; tez-tez qor koʻchkilari boʻlib turadi. Alp oʻsimliklari (butazor va oʻtloqlar) keng tarqalgan. Xoʻjalikda asosan yozda yaylovlar sifatida foy-dalaniladi. Hayvonot dunyosi quyi mintaqalarga tez koʻchib oʻta oladigan turlar (alqor, serpa, yovvoyi echki va boshqalar) yoki qishki uykuga ketadigan kemiruvchilardan iborat.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil