Alovuddin masjidi (Eskishahar)
| Masjid | |
![]() | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Eskishahar (viloyat) |
| Joylashuvi | Odunpazari tumani |
| Koordinatalar | 39°46′00″N 30°31′26″E / 39.76667°N 30.52389°E |
| Asoschi | Cacaoplu Nureddin |
| Binokorlik sanasi | 1267-yil |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
| Qurilish materiallari | yogʻoch, moloz tosh |
Alovuddin masjidi (turkcha: Alaeddin Camii), shuningdek, Alaaddin masjidi (Alaaddin Camii) – Turkiyaning Eskishahar viloyati Odunpazari tumanidagi tarixiy masjid.
Alovddin masjidi Eskishahar viloyatining Odunpazari tumanidagi Alovudddin bogʻida joylashgan. Minorasi tagidagi yozuvga koʻra, 1267-yilda Koʻniya sultoni Gʻiyosiddin Kayxusrav III (h. 1265–1284) hukmronligi davrida qurilgan[1]. Masjid qurilishi Jaloliddin Rumiyning izdoshi Cacaoğlu Cibril yoki Cacaoğlu Nureddin tomonidan qilingan xayriya evaziga amalga oshirilgan. Bino Eskishahardagi eng qadimiy binolardan biri hisoblanadi[2].
Bino toʻgʻri toʻrtburchak reja asosida qurilgan, devorlarini qurishda shagʻal toshdan foydalanilgan. Yassi yogʻoch tomning markazida diametri 6.50 m (21.3 ft) boʻlgan sakkizburchakli gumbaz qurilgan. Binoga kirish qismi shimoliy tomonda joylashgan. Yogʻoch zinapoya orqali yuqori qavatdagi ayollar boʻlimiga boriladi. Gumbazning ichki qismi chegaralari Qur’on oyatlari bilan bezatilgan. Mehrob masjidning janub tomonidagi chuqur uyaga oʻrnatilgan boʻlib, keyingi Usmoniylar meʼmorchilik uslubida yaratilgan. Binoning ichki qismi toʻrtburchak shakldagi katta derazalar bilan yoritiladi[1].
Binoda bir necha marta restavratsiya ishlari olib borilganligi sababli asl koʻrinishini butunlay yoʻqotgan[3]. 1945-yilda masjidda katta oʻzgarishlar amalga oshirilgan. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan diniy maqsadlar uchun yopilib, Eskishahar Eti Arxeologiya muzeyi tashkil etilgunga qadar arxeologiya muzeyi sifatida foydalanilgan[1]. 2014-yilga kelib masjid sifatida qayta tiklangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Ekimci, Betül Gelengül. "Kültür Başkentliği ve Koruma Uygulamaları: Eskişehir – Alaeddin Camii" (tr). 5. Tarihi eserlerin Güçlendirilmesi ve Geleceğe Güvenle Devredilmesi Sempozyumu (Eskişehir: Anadolu Üniversitesi, Mimarlık ve Tasarım Fakültesi, Mimarlık Bölümü). http://www.imo.org.tr/resimler/ekutuphane/pdf/17486_49_32.pdf. Qaraldi: 2017-04-18.Alovuddin masjidi (Eskishahar)]][sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 „Tarihi Camiye Yakışmayan Görüntü“ (tr) (2015-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
- ↑ „Külliyeler, Camiler, Türbeler – Alaaddin Camii“ (tr). Eskişehir Kültür Mirası Envanteri. 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
