Alovuddin masjidi
| Masjid | |
| Alovuddin masjidi | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Konya (viloyat) |
| Joylashuvi | Markaziy Anadolu mintaqasi |
| Koordinatalar | 37°52′24.75″N 32°29′33.25″E / 37.8735417°N 32.4925694°E |
| Meʼmoriy uslub | Saljuqiylar meʼmorchiligi |
| Binokorlik sanasi | 1235-yil |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
Alovuddin masjidi (Turkish: Alâeddin Camii) – Turkiyaning Konya shahri markazidagi Alouddin tepasida joylashgan asosiy yodgorlik. Masjid hovlisida bir nechta sultonlarning maqbaralari joylashgan. XII asr oʻrtalaridan XIII asr oʻrtalarigacha bosqichma-bosqich qurilgan. Konya shahrida saqlanib qolgan eng yirik Saljuqiy masjidlaridan biri.
Masjid ham, u joylashgan tepalik ham Saljuqiylar sultoni Alouddin Qayqubod (Alaaddin Tepesi va Alaaddin Camii) nomi bilan atalgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alouddin tepaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alouddin tepaligi antik davrda Kavania va Kaoania tepaligi deb atalgan. Keyinchalik Aflotun masjidiga aylantirilgan Vizantiyaning Ayios Amphilochios cherkovi 1920-yillardan oldin Alouddin masjidi bilan bir joyda joylashgan edi[1]. Alouddin masjidi qadimgi nasroniylar bazilikasi oʻrnida qurilgan bino boʻlishi mumkin, bu taxmin XX asrda olib borilgan qazishma ishlari va masjid ichida qayta ishlatilgan qadimiy materiallar orqali tasdiqlangan[2][3][4][5]. Majmua bir paytlar shaharning qadimiy akropoli joylashgan sunʼiy shahar tepaligi yaqinida joylashgan[1].
Masjid
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saljuqiylar sultoni Masud I 1155-yilda masjidning qurilish ishlarini boshlagan[6]. Biroq baʼzi dalillar qurilish 1120-yillarga toʻgʻri kelishini koʻrsatadi[7]. 1155-yilga oid yozuvlarda masjid minbari haqida soʻz ketgan boʻlib, uning Onadoʻlidagi saljuqiylar sanʼatining ilk namunasi ekanligi aytilgan[8]. Mehrobning rang-barang sopol ramkasi va ustki qismidagi gumbaz ham shu davrga tegishli boʻlishi mumkin[9].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1849-yilgi gravyurada Alouddin masjidi
- Alouddin masjidining yon tomondan koʻrinishi
- Masjid namozxonasi
- Mehrob
- Gumbaz
- Minbar
- Minbar
- Alouddin masjididagi yozuvlar
- Yozuvlar
- Yozuvlar
- Alouddin masjidiga asosiy kirish qismi
- Gilam
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Karatay madrasasi, Konya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Scott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:54
- ↑ Scott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:57
- ↑ Ousterhout, Robert G.. Eastern Medieval Architecture: The Building Traditions of Byzantium and Neighboring Lands (en). Oxford University Press, 2019 — 579-bet. ISBN 978-0-19-005840-1.
- ↑ Beihammer, Alexander Daniel. Byzantium and the Emergence of Muslim-Turkish Anatolia, Ca. 1040-1130 (en). Taylor & Francis, 2017 — 280-bet. ISBN 978-1-351-98386-0.
- ↑ Greenhalgh, Michael. Marble Past, Monumental Present: Building With Antiquities in the Mediaeval Mediterranean (en). Brill, 2009 — 473-bet. ISBN 978-90-04-17083-4.
- ↑ Konya, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture, Vol.2, (Oxford University Press, 2009), 391.
- ↑ Scott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:57
- ↑ Scott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:55
- ↑ Architecture, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture, Vol.2, (Oxford University Press, 2009), 117.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]* Redford, Scott (1991). "The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered". Artibus Asiae (Zürich: Artibus Asiae Publishers) 51 (1/2): 54–74. doi:10.2307/3249676. ISSN 0004-3648.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Alovuddin masjidi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- „Alâeddin Mosque in Konya“. ArchNet. 2006-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- „Discovering Seljuk art in Konya“. Bilkent University. 2012-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-sentyabr.