Aloqa liniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aloqa liniyasi (yoʻllari) — sig-nallarni uzatkichdan qabul qilgichga tarqatuvchi texnik qurilmalar va fizik muhitlar yigʻindisi. Aloqa kanalining tarkibiy qismi. Koʻp kanalli aloqa tizi-mida ixchamlashtiriladi va bir vaqtning oʻzida koʻp kanalga taalluqli boʻladi. Baʼzan, aloqa kanali tarkibiga bir necha Aloqa liniyasi ulanadi. Maʼlumotlarni uzatishda foydalaniladigan signallarning tarziga koʻra, elektr, tovush (akustik) va optik Aloqa liniyasi ga boʻlinadi. Mustahkam va sifatli aloqa oʻrnatish uchun simli Aloqa liniyasi quriladi. Harakatlanuvchi ob’ektlar, boshqa say-yoralar va kosmos bilan aloqa oʻrnatishda simsiz Aloqa liniyasi dan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil