Almin Bobo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Almin bobo[1] — (XIV acp) yassaviya tariqatining moʻtabar shayxlaridan. Hazrati Sadr ota (1300-yillarda yashagan)ning xalifasi. Piri vafotidan keyin tariqat rahnamoligini davom ettirgan. Taqvo bobida namuna maktabi boʻlgan. Shayx Almin bobo (Bu zot Elmin bobo yoki Elamon bobo deb ataladigan oʻrinlar ham bor) irshod xatini Mavlono Axmad Shayxdan olganlar. Shayx Alishayx (U tasavvuf tariqatining jaxriya (zoxiriy zikr) suluqiga mansub boʻlib, maʼnaviy-ruhiy silsilasi Xoʻja Ahmad Yassaviyga bogʻlanadi. Shayx Alishayx Xoʻja Ahmad Yassaviydan boshlanadigan jaxriya silsilasida toʻqqizinchi halqada turadi[2])ga ruxsati kulliy berganlar.


Shayx Almin bobo „Rashahot“ kitobida Alamin bobo sifatida talqin etilgan. „Lamaxot“da hayotlari va hollariga doir nisbatan mukammalroq maʼlumotlar berilgan. Bu zotda jazbaning kuchli boʻlganligi bir naql orqali bayon etilgan: "Sadr ota Mavlono Axmad Shoshiyga debdilar: „Almin boboning ahvolidan xabardor boʻlib turing!“. (83-bet) Hazrati Axmad Shoshiy bu gapni vasiyat va hukm bilib, pirlari — hazrati Sadr ota dunyodan oʻtgach, Almin boboni chorlaydi. Ammo u kishi xizmatlariga bormagach, Mavlono Ahmadning oʻzlari Almin bobo huzuriga keladi va iltifot etsa-da, rad javobini oladi, toʻgʻridan-toʻgʻri „Mening sizga hojatim yoʻq“ deb bayonot beradi. Shunda Hazrati Mavlono Ahmad shijoat bilan koʻngillariga tavajjux qilibdilar. Almin bobo yuz tuban yiqilib, hushidan ketadi va oʻziga kelgach, Mavlono Ahmadga inobat qiladilar. Shundan keyin u kishiga tariqat suluki irshodi beriladi.


Hazrati Shayx Almin bobo Oqdaryo tumanidagi Kumushkent qishlogʻida vafot etganlar. Qabri shu qishloqdagi qadimiy qabristonda, Shayx Alishayx[3], Shayx Mavdud bilan birga Hazrat Imom Ali Sugʻdiy mozoridagi alohida supada boʻlgan. Vatanimiz mustaqilligi sharofati bilan ushbu maskandagi qabristonni obodonlashtirish ishlariga jiddiy kirishilib, 2000-yildan eʼtiboran sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirila boshlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. S. Mustafoyev., M. Ablayev. „Turonzamin aziz avliyolari va ulamolari tazkirasi“ -  „Sano-standart“ : 2015. 
  2. Qarang: Oʻzbekiston Markaziy davlat arxivi f.i — 323, op.2, inv. 90.
  3. „Qosim Shayx Azizon“.