Almashuvchan oʻzaro taʼsir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Almashuvchan o‘zaro ta’sirdan yoʻnaltirildi)


Almashuvchan oʻzaro taʼsir — ayniy zarralarnit bir-biriga alohida taʼsir koʻrsatishi. A.oʻ.t. zarralarning diskret harakteristikalari (zaryadi, spini, massasi) va toʻlqin funksiyasiga bogʻliq. Koʻpchilik hodisalar (mas, gomeo-polyar bogʻlanish hosil boʻlishi, kristallarda zonalar hosil boʻlishi va hokazo)ga A.oʻ.t. sabab boʻladi. Ayniy zarralar ti-zimida ular oʻrnining juft-juft boʻlib almashinishidan yuzaga keladigan simme-triyani aks ettiruvchi sof kvant effekt; klassik fizikada unga oʻxshash oʻzaro taʼ-sir yoʻq. A.oʻ.t. kattaligi, asosan, zarralar toʻlqin funksiyalarining ustma-ust tushish darajasi bilan, yaʼni ularning birgalikda fazoning umumiy qismida boʻlish vaqti bilan belgilanadi, shuning uchun bu zarralar holatlari qancha ke-skin farq qilsa, A.oʻ.t.ning oʻrni shun-cha kam boʻladi. Zarralar orasida oʻzaro taʼsir kuchi mavjud boʻlganida A.oʻ.t. bu 361kuchni oʻzgartiradi. Mas, atomdagi elek-tronlarning aynan bir xilligi hisobga olinganda elektronlarning bir-birini itarishi oʻrni kamayadi. Parallel spinli elektronlar itarishish energiyasining effektov kamayishi atomlar, molekulalar va kristallarda muhim oʻrin tutadi. Mas, u ferromagnetizmni vujudga kelti-radi. Bu effekt vodorod molekulasi N2 dagi gomeopolyar molekulyar bogʻlanishga asos boʻladi. A.oʻ.t. hissasi tizimning zichligi ortishi bilan kamayadi. A.oʻ.t. atomning tashqi elektron qobiqlariga eng katta taʼsir koʻrsatadi. Atom yadrosida ham almashuvchan effektlar muhim oʻrin egallaydi. „A.oʻ.t.“ ibo-rasi zarralarning aynan bir xilligi bilan bogʻliq boʻlmagan, ammo koor-dinatalar almashishini taqozo qiladigan oʻzaro taʼsir (mas, yadro) kuchlarini belgilashda ham qoʻllaniladi. A.oʻ.t. atom va mole-kula spektrlari, kimyoviy bogʻlar, ferro-magnetizm va boshqalarni tushuntirib beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil