Kontent qismiga oʻtish

Alma Adamkienė

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alma Adamkienė
Litvaning birinchi xonimi
Mansab davri
1998-yil 26-fevral – 2003-yil 26-fevral
Prezident Valdas Adamkus
Oʻtmishdoshi Julija Brazauskienė
Vorisi Laima Paksienė
Mansab davri
2004-yil 12-iyul – 2009-yil 12-iyul
Oʻtmishdoshi Laima Paksienė
Vorisi Diana Nausėdienė (2019)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Alma Nutautaitė

10-fevral 1927-yil
Shyaulyay, Litva
Vafoti 21-may 2023-yil(2023-05-21)
(96 yoshda)
Vilnyus, Litva
Turmush oʻrtogʻi Valdas Adamkus (m. 1951)
Alma mater Friedrich-Alexander universiteti, Erlangen-Nuremberg

Alma Adamkienė (qizlik familiyasi Nutautaitė; 1927-yil 10-fevralda tugʻilgan – 2023-yil 21-may) – litvalik filolog va filantrop. Litvaning sobiq prezidenti Valdas Adamkusning rafiqasi boʻlgan va 1998–2003 hamda 2004–2009-yillarda mamlakatning Birinchi xonimi boʻlgan. Shuningdek, Adamkienė AQSh fuqaroligini ham olgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adamkienė 1928-yil 10-fevralda Litvaning Shyaulyay shahrida dunyoga kelgan[1]. Uning otasi Stasys Nutautas tadbirkorlik bilan shugʻullangan, onasi Ona Soblyte-Nutautienė eriga turli tijorat ishlarida yordam bergan. 1944-yilda Sovet Armiyasi Litvaga qaytib kelganda Alma Nutautaitė oilasi bilan Gʻarbga qochib ketgan. Oʻrta maktabni Germaniyada tamomlagan, keyinroq Nyurnbergdagi Erlangen universitetida filologiya boʻyicha tahsil olgan[1].

Qoʻshma Shtatlardagi hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alma Nutautaitė 1949-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarga emigratsiya qilgan. Dastlab poʻlat zavodida laborant boʻlib, keyinchalik sugʻurta kompaniyasida ishlagan. U, shuningdek, litvalik muhojirlar faoliyatini tashkil etgan va ularda faol ishtirok etgan. Nutautaitė 1951-yilda Valdas Adamkusga turmushga chiqqan va erining familiyasini olgan (Amerikada Alma Adamkus nomi bilan tanilgan)[2].

Birinchi xonim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Litvada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Valdas Adamkus prezidentlik uchun saylovoldi tashviqotini olib borgan va gʻalaba qozongan. Adamkus prezident boʻlgandan soʻng Adamkiene Litvada bolalar farovonligiga qaratilgan turli ijtimoiy dasturlarda ishtirok etgan[3]. 1999-yilda „Alma Adamkienė xayriya va koʻmak fondi“ni tashkil etgan.

Alma Adamkienė fondi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil 17-martda bolalarga yordam ko‘rsatish maqsadida Alma Adamkienė xayriya fondi tashkil etilgan. 1999–2003-yillar oralig‘ida fond 2,5 million litdan ortiq mablag‘ va 2,3 million lit qiymatidagi moddiy boyliklarni to‘plagan hamda 35 ta qishloq maktablari, kam ta’minlangan oilalarning bolalari, Kaunas Tibbiyot universitetining bolalar klinikasi va Vilnyusdagi “Santariškės” bolalar shifoxonasiga taqsimlagan.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adamkienė farzand koʻrmagan. 2023-yil 21-mayda Vilnyusda 96 yoshida insultdan vafot etgan[4].

  1. 1,0 1,1 „Alma Adamkiene, The First Lady“. Office of the President of Lithuania. Qaraldi: 2009-yil 13-aprel.
  2. „Behind the scenes. The nation's First Lady plays a vital role in her husband's career“. Office of the President of Lithuania. Qaraldi: 2009-yil 13-aprel.
  3. „Behind the scenes. The nation's First Lady plays a vital role in her husband's career“. Office of the President of Lithuania. Qaraldi: 2009-yil 13-aprel.
  4. „Lithuania's former first lady Alma Adamkienė passes away aged 96“ (en). Lithuanian National Radio and Television (2023-yil 21-may). Qaraldi: 2023-yil 21-may.