Ally McCoist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alister Merdok Makkoist (inglizcha: Alistair Murdoch McCoist),Allie McCoist nomi bilan mashhur (inglizcha: Ally McCoist)-shotlandiyalik futbolchi va hujumchi.U 1962-yil 24-sentyabrda Bellshill shahrida tugʻilgan.U Shotlandiyaning „Reynjers“ klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchining faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ally McCoistning birinchi professional klubi Shotlandiyaning Pert shahrining „Sent-Jonston“ klubi edi."Sent-Jonston"dagi oʻtkazilgan ikki yildan soʻng yosh hujumchi uchun bir nechta klublarning skautlari tomonidan eʼtiborga olindi.Biroq Angliyaning „Sanderlend“ klubi yosh yulduz bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.Ammo „Sanderlend“dagi oʻyinlari qovushmadi va 56 ta oʻyinda 8 ta gol urdi xolos.1983-yilda McCoist Shotlandiyaning „Reynjers“ klubi bilan shartnoma imzoladi.Jamoa murabbiyi Jon Kreyg hujumchi uchun astoydil harakat qildi, ammo Kreyg 1983-yil oktabrda jamoani tark etdi.

15 yil davomida McCoist „Reynjers“ safida oʻynadi.Bu vaqt davomida jamoa bilan oʻn marta Shotlandiya chempioni,uch karra Shotlandiya kubogi sohibi, yetti marta Shotlandiya liga kubogini yutdi.1992 va 1993-yillarda McCoist Yevropaning eng yaxshi hujumchisiga aylandi.Shotlandiya chempionatida McCoist 251 ta gol urdi, bu natija „Reynjers“ tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.Hammasi boʻlib McCoist 355 ta gol urdi."Reynjers" uchun uchrashuvlarda McCoist 581 ta oʻyin bilan eng koʻp oʻyin oʻtkazish borasida ham jamoada birinchi oʻrinni egallab turibdi.Ikki marta Yevropa milliy chempionatlari toʻpurarlari orasida eng yaxshi toʻpurar boʻldi, ammo oʻsha paytda „Oltin butsa“ berilmagan.

McCoist oʻz faoliyatini 2001-yilda „Kilmarnok“ klubidagi uchinchi mavsumida oyoq suyagi sinishi sababli yakunlagan.

McCoistning 1998-yilgi Jahon chempionatida jarohati tufayli ishtirok eta olmagani katta omadsizlik edi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Ally Shotlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga qoʻshildi.Oʻsha vaqtda terma jamoa bosh murabbiyi uning „Reynjers“dagi sobiq murabbiyi Uolter Smit edi.

2006-yilda McCoist Glazgodagi uyiga yaqinroq ishlashni xohlagani uchun „Inverness Kaledonian Tisl“ bilan murabbiylikni boshladi.

2007-yil 10-yanvarda McCoist „Reynjers“ bosh murabbiyi Uolter Smitga yordamchi murabbiy boʻlib ish boshladi.

Reynjersning 2008-yilgi Shotlandiya kubogi finalidagi gʻalabasidan soʻng,Smit McCoist klubni boshqarishi kerakligini aytdi[1].

Mehnati[tahrir | manbasini tahrirlash]

McCoist televideniyedagi faoliyati bilan ham tanilgan.Ally 1997-yildan 2007-yilgacha „Sportcha savol“ koʻrsatuvida boshlovchilik qildi.Xayrlashuv koʻrsatuvida esa McCoist Uolter Smit boʻlgan „Sirli mehmon“ni taniy olmadi.

McCoist Jon Motson bilan bir qatorda EA Sports kompaniyasining FIFA kompyuter oʻyinlarida sharhlovchi boʻlib faoliyat koʻrsatgan.

McCoist „Gʻalaba bahosi“ sport dramasida ham rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

McCoist 1990-yilda uylandi.2004-yilda rafiqasi Allison bilan ajrashdi.Ularning uchta farzandi bor-Aleksandr,Erjill va Mitchell.McCoistning Vivien Rossdan Arran ismli noqonuniy oʻgʻli ham bor[2].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Reynjers"

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Reynjers"

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sky Sports | Football | Scottish Premier | News | Smith in McCoist revelation“. 25-oktyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2008-yil.
  2. „Ally McCoist — Biography“. 9-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2008-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]