Allotropiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Allotropiya (yun. allos – boshqa va tropos – burilish, yoʻnalish) – kimyo-viy elementning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq od-diy modda holida mavjud boʻla olishi. Bu allotropik modifikatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki koʻmir holida uchraydi. Umuman hozir ma’lum boʻlgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl oʻzgarishlari boʻlgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. A. hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 – kislorod, O3 – ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha boʻlishi sabab boʻladi (masalan, oq va kulrang qalay).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil