Idioadaptatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Allomorfozdan yoʻnaltirildi)

Idioadaptatsiya (yunoncha: Idios - maxsus, oʻziga xos va adaptatsiya), allomorfoz — organizmlar yashash tar-zining tashqi muhitning muayyan sharoitiga xususiy moslashuvi. Evolyusiyaning I.ga mos keladigan yoʻnalish allogenez deyiladi. "I." terminini rus olimi A. N. Seversov (1925) taklif etgan. I. organizmlar guruxining tuzilish darajasiga kuchli taʼsir koʻrsatmasligi bilan aramorfoz va regressiv oʻzgarish — katamorfoz (morfofiziologik degeneratsiya)dan farq, qiladi. I. muayyan tuzilish darajasida adaptiv radiatsiyani taʼminlaydigan oʻzgarish boʻlganligidan quyi taksonomik guruhlar (urugʻ, oila, tur) uchun xos. I.ga misol tariqasida oziqlanish usuli va oziq turiga binoan qushlar tumshugʻi tuzilishidagi farq qiluvchi belgilarni, oʻsimliklar gulining har xil usulda (shamol, suv yoki hasharotlar orqali) changlanishi, oʻsimliklar urugʻining har xil usulda (shamol, qushlar, sut emizuvchilar b.) tarkalishini koʻrsatish mumkin. I. aramorfozga nisbatan qisqa muddat davom etadi va tez-tez sodir boʻlib turadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil