Kontent qismiga oʻtish

Allohobod Sharif

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Allohobod Sharif
Mamlakat Pokiston
HududSind
JoylashuviNaushahro Feroze tumani, Kandiaro shaharchasi
Yoʻnalishisunniylik
Meʼmoriy uslubIslom meʼmorchiligi
* Usmoniylar meʼmorchiligi
* Safaviylar meʼmorchiligi
MeʼmorManzur Qodir
Oʻlchami10 000 namozxon
Gumbazlar soni101
Gumbazlar soni101
Gumbaz balandligiAsosiy gumbaz: 35 m (115 ft)
ikkinchi gumbaz: 24 metr (78 ft)
qolgan 99 tasi: 7.9 metr (26 ft)
Minoralar soni1
Minoralar soni1
Minoralar balandligi37 m (120 ft)
Allohobod Sharif masjidi panoramasi

Allohobod Sharif, shuningdek Allohobod Katta masjidi nomi bilan ham tanilgan, Pokistonning Sind viloyati Naushahro Feroze tumani Kandiaro shaharchasida joylashgan masjid va ziyoratgoh[1][2]. Milliy avtomagistral boʻyida, Karachi shahridan 415 kilometr (258 mi) masofada joylashgan. Majmua hududida Islom universiteti darajasigacha boʻlgan taʼlim tizimi, shifoxona, qariyalar uyi va bolalar uyi mavjud.

Pokistondagi mashhur Naqshbandiya tariqati soʻfiy shayxi, Sajjon Sain nomi bilan ham tanilgan (urdu: سجن سائیں, sindhiy: سڄڻ سائين) Xoʻja Muhammad Tohir Baxshiy Naqshbandiy (urdu: حضرت خواجہ محمد طاہر بخشی نقشبندی) masjidning asosiy homiysi hisoblanadi[3].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Allohobod Sharif masjidi anʼanaviy islom meʼmorchiligi yodgorliklaridan ilhomlanib yaratilgan.

Masjid 101 ta gumbazdan iborat. Asosiy gumbazning balandligi 35 metr (115 ft), ikkinchi gumbaz 24 metr (78 ft), qolgan 99 ta gumbaz esa 7.9 metr (26 ft) boʻlib, Allohning yagonaligini ifodalovchi yagona ramziy minora 37 metr (120 ft) balandlikda qad rostlagan. Gumbazlar va yagona minora masjidning asosiy dizaynini tashkil etadi.

Vikiomborda „Grand Mosque Allahabad“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.