Alle Moris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ALLE (Allais) Moris (1911) — fran-suz iqtisodchisi, iqtisodiy nazariyada-gi neoliberal yo‘nalish vakili, prof. (1944). 1954 yildan Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim. Iqtisodiyotda davlat tomonidan dastur-lashtirishni xususiy korxonalarning raqobati bilan birga qo‘shib olib borish-ga asoslangan "raqobatli rejalashti-rish" g‘oyasi asoschisi. A. davlatning iqtisodiyotga haddan ortiq aralashuviga qarshi chiqadi. Bu hol, uning fikricha, ijtimoiy vositalarni behuda sarf-lash, erkinliklarni cheklash va boshqa sal-biy oqibatlarga olib keladi. Ikkinchi 350tomondan, u cheklanmagan raqobat erkin-ligi tamoyilini amalta oshirishga ham qarshi chiqadi, chunki bu tamoyil mono-poliyalarning paydo bo‘lishi, so‘ngra ularning hukmronligiga olib keladi. "Raqobatli rejalashtirish" g‘oyasi esa muvozanat vazifasini bajarishi mum-kin. Ilmiy ishlari bozorlar nazariyasi, moddiy resurslardan samarali foydala-nish va boshqa masalalarga bag‘ishlangan. No-bel mukofoti laureati (1988).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil