Haydar Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aliyev Haydar Alirza oʻgʻlidan yoʻnaltirildi)
Haydar Aliyev, 1997.

Aliyev Haydar Alirza o‘g‘li (1923.10.5, Naxichevan sh.) — Ozarbayjon davlat va siyosat arbobi. Ishchi oilasida tugilgan. Naxichevan ped. texnikumini (1939), Ozarbayjon davlat universitetining tarix fakultetini (1957) tugatgan. 1941-43 yillarda ichki ishlar xalq komissarligida, 1944-69 yillarda Ozarbayjon SSR davlat xavfsizligi organlarida ishlagan (1967 yildan raisi). 1969 y. iyuldan Ozarbayjon SSR KP MK birinchi kotibi. 1982—87 yillarda sobiq Ittifoq hukumati rai-sining birinchi o‘rinbosari. 1991—93 yillarda Naxichevan Muxtor Respublikasi Oliy Majlis raisi. 1993 y. iyunidan 322Ozarbayjon Respublikasi Oliy Kenga-shi raisi va Ozarbayjon Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi, 1993 y. 3 okt.dan. Ozarbayjon Respublikasi prezidenti. A. bir qancha universitetlar, jum-ladan O‘zbekiston milliy universitetining faxriy d-ri (1997). Rasmiy tashrif bilan O‘zRda bo‘lgan (1997).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.