Abdulfaz Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aliyev Abdulfaz Elchibeydan yoʻnaltirildi)
Abulfayz Elchibey, 1992

Abulfayz Qodirquli oʻgʻli Elchibey (ozarbayjoncha: Əbülfəz Qədirqulu oğlu Elçibəy; OʻTA boʻyicha: Äbülfäz Qädirqulu oğlu Elçibäy yoki Äbülfäz Qädirqulu oğlu Äliyev; 1938-yil 24-iyun Ozarbayjon SSR, Naxichevan MSSR, Oʻrdaobod tumani, Keleki qishlogʻi – 2000-yil 22-avgust, Ankara, Turkiya) – Ozarbayjon davlat va siyosiy arbobi; Arabshunos, tilmoch va oʻqituvchi, tarix fanlari nomzodi, Ozarbayjon xalq jabhasi partiyasining boshligʻi, erkin Ozarbayjon Respublikasining ikkinchi Prezidenti (1992-1993).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulfayz Elchibey Naxichevanda, choʻpon oilasida tugʻilgan boʻlib, otasi Qodirquli Mardon oʻgʻli kelib chiqishi Janubiy Ozarbayjondan, onasi Mexriniso xonim esa Onadoʻlidan edi. Otasi 1943-yilda Ikkinchi jahon urushiga ketgach, janglarda vafot etadi. Ilk taʼlimni Naxichevanda olgach, 1957-1962 yillarda Ozarbayjon davlat universitetining Sharqshunoslik fakulteti Arab filologiyasi boʻlimiga oʻqishga kirib, oʻqishini muvaffaqqiyatli tugatadi. Oʻqishni bitirgach, Elchibey SSSR Hidroloyiha institutining Boku boʻlimida tilmoch oʻlaroq ish boshlaydi va 1964-yili Misrdagi Asvon toʻgʻonining qurilishiga joʻnatilgan sovet vakillariga tilmochlik qiladi. Ushbu chet el safarida u oʻzining sovet davlati va jamiyatiga qarata bildirgan tanqidlari yuzasidan u tez ortiga qaytarib yuboriladi va unga xorijga chiqishga taʼqiq qoʻyiladi. Safardan qaytgach u 1965-1968 yillarda ODUga aspiranturaga oʻqishga qabul qilinib, „Tuluniylar davlati 868-905“ mavzusida ilmiy ish yoqlab, uni muvaffaqqiyatli himoya qiladi va tarix fanlari nomzodi darajasiga erishadi (1969). Talabalik davrlaridanoq Ozarbayjonni Rossiyaning simurgasi (mustamlaka) deb bilgan Elchibey 1968-1975 yillarda ayni tugatgan bilim yurtining Osiya va Afrika boʻlimida ilmiy va oʻqituvchilik faoliyatini boshlaydi. Oʻz faoliyati davomida u talabalar oʻrtasida sovet rejimi, Ozarbayjon erkinlik harakatlari kabi mavzularda tortishuv va soʻzlashuvlar oʻtkazib borgani uchun u KGB tomonidan qamoqqa olinadi va Qoratogʻ tosh korxonasida ogʻir jismoniy yumushlar qilishga majburlanadi. 1976-yilning dekabr oyida erkinlikka yuborilgach u oʻz faoliyatini Ozarbayjon fanlar akademiyasida kichik ilmiy hodim sifatida davom ettiradi (1992-yil iyuligacha).

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarning oxiridan Ozarbayjon xalq jabhasi partiyasining yetakchisi oʻlaroq erkinlik harakatlarida faol qatnashgan Abulfayz Aliyev oʻzining ruscha koʻrinishdagi familiyasini ham Elchibeyga oʻzgartiradi. U 1992-yilda xalq tomonidan demokratik yoʻl bilan saylangan birinchi prezidenti boʻldi. Shuningdek u davlatda huquqiy, siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar qilishga urindi. Biroq uning boshqaruv davri respublikada koʻpincha Armaniston bilan Qorabogʻ uchun boʻlgan urush sababli choʻkish bilan kechdi. Urushning ogʻir oqibatlari va mamlakat ichidagi siyosiy nizolar sababli 1993-yilning yozida Ozarbayjonda harbiylar qoʻzgʻaloni boshlangach, Elchibey fuqarolar urushining oldini olish maqsadida Bokuni tark etdi va qoʻzgʻalonni bostirish uchun shaharga Naxichevanda boʻlgan Haydar Aliyevni shaharga chaqirtirdi. Qoʻzgʻalonni bostirishga erishgan Haydar Aliyev tezda ulus boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi.

1993-yil 28-avgustda Abulfaz Elchibeyga ishonch boʻyicha referendumda mamlakat fuqarolarining 97,5 foizi uning isteʼfosi uchun ovoz berdi. Ozarbayjon Xalq jabhasi referendum natijalarini soxtalashtirilgan deb atagan, AQSh Davlat departamenti esa maxsus bayonotida referendumning tashkil etilishi va uni oʻtkazishdagi favqulodda vaziyatlardan xavotir bildirgan. Keyingi prezidentlik saylovlari YXHT tomonidan „YXHTning maʼlum majburiyatlariga toʻgʻri kelmaydi“ deb baholamish.

Yoʻnaltmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulfayz Elchibeyning biografiyasi

Abulfayz Elchibey britannica.com