Kontent qismiga oʻtish

Alitsiklik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alitsiklik birikmalar — molekulasida bir yoki bir nechta uglerod atomlaridan tuzilgan halqasi yoki halqalar tizimi boʻlgan organik birikmalar. Alitsiklik birikmalar bir-biridan halqalarining soni, oʻzaro joylashishi, uglerod atomlarini xalqalardagi soni, ularning oʻzaro oddiy yoki qoʻsh bogʻlar orqali bogʻlanishi va funksional guruhlari bilan farq qiladi. Jumladan, monobitri politsiklik Alitsiklik birikmalar maʼlum. Uglerod atomlarining bogʻlanishiga qarab toʻyingan va toʻyinmagan Alitsiklik birikmalar boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil