Alyuminiylash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alitirlashdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Alyuminiylash, alitir-lash -yuqori temperaturada ishlatiladigan po‘lat va cho‘yan buyumlarning sirtki qatlamini 0,02–1,2 mm gacha alyuminiyga to‘yintirish. Ularning 1100° temperaturagacha kuyindi bardoshliligini va oksidlanishga qarshilik xossasini oshirish maqsadida qilinadi. Bunda alyuminiy oksidlanib, buyumni keyingi oksidlanishdan saqlaydigan oksid parda (A12O3) hosil qiladi. Asosan, kam uglerodli, kamdan-kam hollarda esa o‘rtacha uglerodli po‘lat, kulrang cho‘yan va issiqlik ta’siriga chidamli legirlangan po‘lat buyumlar alyuminiylanadi. Bundan tashqari, A.ning metallash (detal sirtiga alyuminiy kukuni surkalib, diffuzion yumshatiladi); bo‘shatish (detal alyuminiy bo‘yog‘i bilan bo‘yab, diffuzion bo‘shatiladi); 700–800° temperaturali 382alyuminiy eritmasida tutib turish va boshqa usullari bor. Avtomobil dvigatellarining klapanlari, gaz turbinalarining kurak hamda soplolari va boshqalarni tayyorlashda A.dan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil