Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – Oʻzbekiston Respublikasining badiiy ijod sohasidagi eng oliy mukofoti. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1989 yil 13 sentabr da ta’sis etilgan. O‘zbekistonning madaniy hayotida katta voqea bo‘lgan, milliy qadriyatlar xazinasini boyitgan adabiyot, san’at va me’morlik sohasidagi eng yorqin va ser-mazmun asarlar uchun beriladi. Bu muko-fotga respublikada hamda chet ellarda e’lon kilingan, alohida kitob shaklida nashr qilingan, ommaviy ravishda ijro etilgan, ko‘rsatilgan va namoyish qilingan hamda keng jamoatchilik to-monidan yuqori baholangan badiiy asarlar, san’at namunalari taqdim etiladi. Taqdim etilgan ishlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, ijodiy uyushmalarning respublika miqyosidagi idoralari va xalqaro jamoat tashkilotlarining qarorlari asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mukofotlari qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Taqdim etilgan bir asar uchun mukofot olishga talabgorlar soni 3 kishidan oshmasligi kerak. Mukofot O‘zbekiston adabiyoti, san’ati va me’morchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan eng yaxshi ishlar uchun boshqa mamlakatlarning madaniyat arbo-blariga ham berilishi mumkin. Muko-fotlarni 1996 yildan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan, har 3 yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida berish tartibi joriy qilingan. Mukofotning har biri 200 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilangan. Mukofotlanganlarga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorlig‘i va faxriy nishon topshiriladi. Mukofot sovrindorining nishoni ko‘krakning o‘ng tomoniga taqiladi. Mu-kofot takroran berilmaydi. 1991 yilda 9 kishi, 1994 yilda 12 kishi (1 kishi xorijdan) 1996 yilda 4 kishi mukofotga sazovor bo‘lgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil