Alisher Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alisher Toʻlaganovich Mirzayev (1948.21.3, Toshkent) — rangtasvir va grafika ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997). Oʻzbekiston xalqrassomi (1992). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1964—68) va V. Surikov nomidagi Moskva rassomlik sanʼati instituti (1968-74)da taʼlim olgan. Toshkent politexnika instituti (1974-78) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (19781997)da pedagog. 1997-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog, professor (2000). M. asarlari oʻzining milliyligi, ranglar uygʻunligi bilan ajralib turadi; dastlabki asarlaridayoq anʼanaviy mavzularga oʻziga xos yechim va talqin baxsh etdi: "Sozandalar" (1968), "Rassom K. Nosirov" (1975), "Yosh oila haqida qoʻshiq" (1976), "Uchrashuv" (1982) va boshqa "Soʻqoq mozaikasi", "Rassom va tabiat", "Parkent ayollari" (1980-yillar) kabi manzaralar, "Avtoportretli natyurmort" (1982), "Surxondaryo natyurmorta" (1982) va boshqa natyurmortlar turkum asarlarida manzara, urf-odatlar mujassamlashgan, tabiat va inson birligi tarannum etilgan.

1990-yillarda A. Qodiriy asarlariga, jumladan, "Oʻtgan kunlar" asariga qalamtasvirda "Kumush va Zaynab", "Xayol", "Haydalish kuyi", "Fuzuliyni oʻqib", "Hayotim lolazoridan ayurding" va boshqa asarlar yaratib milliy grafika rivojiga katta hissa qoʻshdi. 1972-yildan respublika va xorijiy koʻrgazmalarda asarlari bilan qatnashadi. M. asarlarvdan bir qismi respublika va chet mamlakatlar muzeylari, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi. M. haqida "Palitra" (1983) va "Alisher Mirzo" (2000) nomli filmlar ishlangan. Ab-dulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1994). "El-yurt xurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Alisher Mirzayev. "Uchrashuv" (1982).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Umarov A., Alisher Mirzayev, T., 1993; Egamberdiyev A., Alisher Mirzo, T., 1999.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil