Aliqambar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aliqambar – 1) Turkiston xalqlari ijodida (o‘zbeklarda – A. yoki Qambar ota, turkman va qirg‘izlarda – Bobo Qambar, tojiklarda – Qambar yoki Boboi Qambar) chaqmoq va momaqaldiroq chaqiruvchi afsonaviy shaxs, baxshi va sozandalar "piri", shuningdek musiqa asboblari (mas, dutor)ning afsonaviy ixtirochisi. O‘zbek va tojik musiqa folklorida ko‘pgina yomg‘ir chaqirish marosim qo‘shiqlari (mas, "qambar bo-ziy") A. nomi bilan bog‘liq. Xorazm afso-nalarida A. xalifa Alinkig otboqari va otboqarlar "piri". Beruniy yozgan qad. turkiy xalqlar mavsumiy bayrami – "gahanbar" talaffuzning o‘zgarishi natijasida A.ga aylangan degan ba’zi mulohazalar ham mavjud; 2) o‘zbek xalq kuyi. Vazmin lirik raqs, usul jihatidan ufar yo‘llariga yaqin. Ohanglari xo-razm yirik ashula yo‘llari (Feruz, Su-voralar), dostrn va maqomlarida cholg‘u naqarotlari sifatida, shuningdek ayrim o‘zbek bastakor va kompozitorlari asarlarida ishlatilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil