Alina l'Ami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alina l'Ami
Alina l'Ami 2013-yil
Mamlakat Ruminiya
Tugʻilishi 1-iyun 1985-yil
Iasi Ruminiya
Saravha Xalqaro shaxmat ustasi, ayol grosstmeyster
FIDE reyting (2022-yil) (sentabr 2022)
Yuqori reytingi 2419 (2014-yil)

 

Alina l’Ami (née Moţoc; talaffuzi: Alina L'Ami 1985-yil 1-iyunda Yași shahrida tugʻilgan)[1] — ruminiyalik ayol shaxmatchi, xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.

Alina l’Ami 1995-yili shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatining 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida[2] va 2002-yili shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining 18 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar turnirida qizlar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2002-yilda l’Ami Istanbulda boʻlib oʻtgan ayollarning Bolqon individual shaxmat oʻyinlar chempionatida ham gʻolib boʻldi.[3] 2013-yilda u Sofi Milliet bilan Indoneziyaning Jakarta shahrida 8-chi Japfa shaxmat festivalining ayol grossmeysterlari turnirida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi.[4][5] Keyingi yili l’Ami FIDE ayollar Gran-prisining 2013—2014-yilgi Sharja bosqichida ishtirok etdi.

Gollandiyada u birinchi marta Hilversum shaxmat jamiyatida, 2011-yildan esa Bunschoten — Spakenburgdagi En Passantda shaxmat oʻyinlarida ishtirok etgan.

Ruminiya terma jamoasi tarkibida u beshta Olimpiada (2004, 2008-2014), yettita jamoaviy Yevropa chempionati (2003, 2007-2017) va Ostonadagi 4-jahon chempionati (2013) ishtirokchisi hisoblanadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

L’Ami Yashi shahridagi Aleksandru Ioan Kuza universitetining psixologiya yoʻnalishini oʻqishni tamomlagan. Alina l’Ami gollandiyalik shaxmat grossmeysteri Ervin l’Ami bilan oila qurgan.

Alina l’Ami oʻzining twitterdagi sahifasida shaxmatdagi oʻyinlarga quyidagicha tarif beradi: „Gʻoliblik hamma narsa degani emas, shuningdek, magʻlubiyat ham hech qanday ahamiyatga ega emas“[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. IM title application (PDF). FIDE.
  2. São Lourenço 1995 — 10° World Championship u10 (girls). BrasilBase.
  3. Crowther. „TWIC 424: 2nd Balkan Individual Chess Championships“. The Week in Chess (23-dekabr 2002-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  4. Musthofid. „Milliet, L'ami win tight-schedule Japfa WGM chess tournament“. The Jakarta Post (20-aprel 2013-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  5. „Alina L'Ami and Sophie Milliet win the JAPFA Women’s Grandmaster Tournament“. Chessdom (19-aprel 2013-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  6. „Winning isn't everything but losing is nothing“. Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]