Alina Jidkova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alina Jidkova
Jidkova 2009-yil
Davlati Rossiya
Hozirgi yashash joyi Boca Raton, Florida, AQSH.
Tugʻilgan vaqti va joyi 1977-yil 18-yanvar
Moskva, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.68 m

Alina Vladimirovna Jidkova (1977-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq professional tennischi. Faoliyati davomida Jidkova 2005-yilda Meksika Ochiq chempionatida WTA juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ITF musobaqalarida toʻqqizta yakkalik va toʻqqizta juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2005-yil mart oyida Jidkova dunyodagi eng yaxshi yakkalik musobaqalar reytingida 51-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2003-yil avgust oyida u juftliklar reytingida 50-oʻrinni egalladi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alina Sovet Ittifoqining oʻsha paytdagi poytaxti Moskvada muhandis va sobiq professional ogʻir atletikachi Vladimir va maktab oʻqituvchisi, 100 metrga yugurish boʻyicha sportchi Lina oilasida tugʻilgan[1]. Uning bir akasi bor, Dmitriy, sobiq bokschi, hozirda u qurilish biznesiga ega[2]. Alina oʻzining dastlabki yillarini Moskvaning „Spartak“ tennis klubida oʻtkazdi. Keyinchalik Alina Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi va Floridadagi Nik Bolletyrening tennis akademiyasida tahsil oldi[3].

Tennis faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda u Serena Wlliamsni toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etib, Generali Ladies Linz musobaqasining chorak finaliga chiqdi. Williamsdan tashqari, Alina Yelena Yankovich, Mery Peers, Samantha Stosur, Alisia Molik, Chanda Rubin, Amanda Coetzer, Brenda Shults-MacCarti, Amy Frazier, Petra Martich va boshqa taniqli tennischilarga qarshi baxslarida gʻalaba qozongan. 2005-yilda Alina Tatyana Perebiynis bilan hamkorlikda Akapulkoda boʻlib oʻtgan WTA Tour turnirining juftlik bahslarida gʻolib chiqdi.

Nafaqa va murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilgi mavsum oxirida Jidkova professional tennisni tark etdi. Uning soʻnggi rasmiy yakkalik oʻyini 2016-yilgi Olimpiya chempioni Monika Puigga qarshi oʻtkazildi. Keyinchalik u Galina Voskoboyeva, Kseniya Pervak va Kaia Kanepi uchun murabbiy boʻlib ishlagan. Murabbiy sifatida Alina Jidkova Kaia Kanepi bilan 2017-yilda AQSH Ochiq chempionati turnirining chorak finaliga chiqdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jidkova Florida shtatining Boca Raton shahrida istiqomat qiladi va tadbirkor Sascha Ghodsga turmushga chiqqan. Jidkova va Sascha Ghods 2010-yil 18-dekabrda Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan marosimda turmush qurishdi.

WTA karyera finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juftliklar: 4 (1 ta chempionlik, 3 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija Sana Turnir Yuzasi Hamkor Raqiblar Hisob
Magʻlubiyat 2003-yil fevral AQSh Ochiq chempionati Qattiq Avstraliya Brianne Stuart Yaponiya Saori ObataYaponiya Akiko Morigami 1-6, 1-6
Gʻalaba 2005-yil fevral Meksika Ochiq chempionati Loy Ukraina Tatyana Perebiynis Ispaniya Rosa Mariya Andres Rodriges Ispaniya Konchita Martines Granados 7-5, 6-3
Magʻlubiyat 2006-yil oktyabr Tournoi de Kvebek, Kanada Qattiq Qoʻshma Shtatlar Jill Craybas Qoʻshma Shtatlar Carli Gullikson Qoʻshma Shtatlar Laura Granville 3-6, 4-6
Magʻlubiyat 2007-yil iyul Cincinnati ochiq chempionati, AQSh Qattiq Belarus Tatyana Pouchek Qoʻshma Shtatlar Betany Mattek Hindiston Sania Mirzo 6-7 , 5-7

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]