Sulton Alimuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton Nurmatovich Alimuhamedov (1-yanvar 1929-yil — 11-fevral 2019-yil) — agronom-entomolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), biologiya fanlari doktori (1976), professor (1980), Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1950), shu institutda assistent, dotsent (1950-61), zoologiya va entomologiya kafedrasi mudiri (1961-65). Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti direktori (1965-92), 1993-yildan shu institutda boʻlim mudiri. Oʻzbekiston entomologlar jamiyati raisi (1970-yildan). Alimuhamedovning ilmiy ishlari paxta va don mahsulotlarini akoroid kanalar va boshqa zararkunandalardan saqlash tadbirlari, biologik himoya usullariga bagʻishlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil